Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Butunjahon boks kengashining (WBC) 61-konvensiyasi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

13-noyabr, dushanba kuni WBC tashkiloti a’zolari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda tashkilot prezidenti Maurisio Sulaymonga o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov haqida savol berildi. 

“Jalolov boksdagi prospektlardan biriligiga ishonchim komil. Bahodir WBC’da kuchli 15 likka kiradi. U faol harakat qilyapti. Qachondir Jalolov superog‘ir vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschilaridan biriga aylanadi”, — deydi Sulaymon.

Shuningdek, WBC prezidenti 2023-yilgi konvensiya nega O‘zbekistonga berilganiga ham munosabat bildirdi.

“O‘zbekiston juda mashhur mamlakat. O‘zbekistonlik bokschilar havaskorlar o‘rtasidagi Olimpiadada ham, jahon chempionatlarida ham juda yaxshi natijalarga erishgan. Shuningdek, bu yerda sportga ajoyib imkoniyatlar yaratib berayotgan rahbarlar bor”. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »