Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi baliqchilar shahri bo‘lgan Grindavikda Fagradalsfyadl vulqoni uyg‘ondi. Yerosti silkinishlari shu qadar kuchli bo‘lganidan mahalliy aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi.

Lavaning yer yuzasiga chiqishi va shaharning cho‘kishi xavfi bor. Ammo bu qachon sodir bo‘lishini hatto mutaxassislar ham ayta olmaydi. Grindavikda allaqachon katta yoriq paydo bo‘lgan. Undan bug‘ ko‘tarilmoqda.

Suv ta’minoti va elektr tarmoqlari shikastlangan. Odamlarga kerakli narsalarni olish uchun qisqa vaqt ichida uylariga qaytishga ruxsat berildi.

 
Foto: Google Images

“Ba’zi uylar shikastlangan, ba’zilari esa yo‘q. Hozircha uyimiz yaxshi, lekin keyin nima bo‘lishini bilmayman. Bizda vaziyat juda xavfli”, — deydi grindaviklik Gunnar Xardarson.

Mahalliy aholiga qidiruv-qutqaruv guruhlari hamrohlik qilmoqda.

“Uyda uzoq vaqt qolish mumkin emas. Tez harakat qilish kerak: eng qimmatli narsalarni olib, yo‘lda davom etish zarur”, — dedi Reykyavik qidiruv-qutqaruv guruhi xodimi Gudmundur Arnarson.

Oxirgi 24 soat ichida Islandiyada rekord darajadagi 1400 ta zilzila qayd etildi. Oktyabr oyining oxiridan boshlab Reykyanes yarimorolida seysmik faollik kuchaygan, u yerda olti ming yil davomida harakatsiz bo‘lgan o‘sha vulqon joylashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »