Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoy raisi Si Szinpinni oldingidek diktator deya hisoblashini ma’lum qildi. Bunday bayonotni u Xitoy yetakchisi bilan San-Fransiskoda o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvdan keyin bildirdi.

Foto: Reuters
“Menga qaranglar, axir rostdan ham diktatorku. U hukumati biznikidan mutlaq farq qiladigan kommunistik davlatni boshqarayotgan shaxs sifatida diktator. Buni rad etish yoki bu borada bahslashish imkonsiz”, — deydi Bayden.

Shuningdek, AQSH prezidenti Xitoy yetakchisini Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga aralashishdan “ogohlantirganini” qo‘shimcha qildi. Jo Bayden bundan oldin ham Si Szinpinning boshqaruv usuli “diktatorlarga xosligi” haqida bir necha bor aytgan edi.

Xitoy tomoni Qo‘shma Shtatlar prezidentining bayonotiga hozircha hech qanday izoh bermadi.

AQSH prezidenti va Xitoy yetakchisining ikki tomonlama muzokaralari salkam 2 soat davom etdi. Muzokaralar davomida Si Szinpin Xitoy va AQSH o‘rtasidagi ehtimoliy mojaro ulkan oqibatlarni yuzaga keltirishi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Pekin va Vashington to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy qarama-qarshilikdan qochish uchun hamma narsani qilishlari kerak. Shuningdek, Xitoy yetakchisi Xitoy—Amerika munosabatlarini “yorqin kelajak” kutayotganini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »