Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha AQSH tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi.

Foto: Reuters

“TASS” maʼlumotlariga ko‘ra, hujjatni o‘nta davlat qo‘llab-quvvatlagan, Rossiya, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari bunga qarshi chiqqan. Yana ikki davlat betaraf qolgan.

AQSH taklif etgan rezolyutsiyada HAMASning Isroilga hujumi qoralanadi, shuningdek, garovga olinganlarni ozod qilish va xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishga chaqiriladi. Hujjat o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmaydi, balki mamlakatlarning o‘zini himoya qilish huquqini tan oladi, deb yozadi agentlik.

Shu bilan birga, Reuters aniqlik kiritishicha, hujjat G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish uchun harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qiladi.

Rossiyaning Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha rezolyutsiya loyihasi ham qabul qilinmadi — u kerakli miqdordagi ovozlarni ololmadi. To‘rt delegatsiya “ma’qul”, ikkitasi “qarshi” ovoz berdi. Yana to‘qqiz kishi betaraf qoldi.

18-oktyabr kuni Qo‘shma Shtatlar Braziliya tomonidan tayyorlangan, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish uchun jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygandi. Bungacha ovoz berish ikki marta qoldirildi, deb yozadi Reuters.

Avval BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini qabul qilmagandi, bunga sabab — hujjatda Isroilga hujum qilgan HAMAS harakati haqida so‘z yuritilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »