Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilning HAMAS bilan urushiga oid rezolyutsiya loyihasini tarqatdi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi hujjatga tayanib.

Foto: Reuters

Xususan, rezolyutsiya loyihasi tinch aholini himoya qilish, shuningdek, G‘azo sektoriga yordamni “doimiy, yetarli va to‘siqsiz” yetkazishni talab qiladi.

Bundan tashqari, hujjatda Isroilning o‘zini o‘zi himoya qilish huquqi, shuningdek, mamlakatlar “terrorchilik hujumlari”ga javoban xalqaro qonunlarga rioya qilishlari zarurligi ta’kidlangan.

Rezolyutsiya loyihasida Erondan “mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi militsalar va terroristik guruhlarga” qurol yetkazib berishni to‘xtatish ham talab qilinadi. Bundan tashqari, hujjat mualliflari HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirmoqda.

“TASS” va Axios nashrlarining yozishicha, Amerika rezolyutsiya loyihasi HAMASni qoralaydi, biroq G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmaydi.

Reuters ta’kidlaganidek, Qo‘shma Shtatlar ushbu hujjatni ovozga qo‘yish-qo‘ymasligi hozircha noma’lum. Axios agar AQSHning rezolyutsiya loyihasi zarur to‘qqizta ovozni oladigan bo‘lsa, Rossiya veto huquqidan foydalanishi mumkin, deb yozdi.

18-oktyabr kuni Qo‘shma Shtatlar Braziliya tomonidan tayyorlangan, G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish uchun jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ygandi. Bungacha ovoz berish ikki marta qoldirildi, deb yozadi Reuters.

AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild o‘shanda AQSH Braziliyaning rezolyutsiya loyihasiga qarshi chiqqaniga sabab sifatida unda Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi haqida so‘z yuritilmaganini keltirgan. Bundan tashqari, elchining aytishicha, AQSH veto huquqidan foydalanib, diplomatiya uchun vaqt orttirgan. Oradan ko‘p o‘tmay, HAMAS garovga olingan ikki amerikalikni ozod qildi, Misr esa insonparvarlik yordami uchun G‘azo sektori chegarasidagi Rafiah punktini ochishga rozi bo‘ldi.

Bungacha BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiya loyihasini qabul qilmagandi, bunga sabab — hujjatda Isroilga hujum qilgan HAMAS harakati haqida so‘z yuritilmagan 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »