Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS harakati uzoq yillar davomida o‘z faoliyatini G‘azo sektoriga yetkazilgan gumanitar yordam yig‘imlari va mintaqa aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun yuborilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirib kelgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Reuters

Nashrning qayd etishicha, HAMASning Isroilga hujumining dastlabki kunlarida g‘arb rasmiylari Eronni harakatni moliyalashtirishda ayblagan. AQSH esa Tehron har yili harakatga 100 million dollar yordam berganini bildirgan. Ammo The Wall Street Journal’ning yozishicha, aslida ko‘plab davlatlar, jumladan, Isroilning o‘zi ham bilvosita HAMASga moliyaviy yordam ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, 2007-yilda HAMAS G‘azo sektorini egallaganida G‘arb va Isroil qarshisida aholini qo‘llab-quvvatlash masalasi paydo bo‘lgan. Avvaliga bu qiyinchilik tug‘dirmagan, chunki G‘azo sektoridagi fuqarolar Falastin ma’muriyati nazorati ostida edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan HAMAS o‘zining amaldorlar apparati va soliq tizimini yarata boshlagan. To‘plangan mablag‘lar qayerga sarflangani bo‘yicha harakat hech qachon hisob bermagan.

2014-yilda BMT shafelgida “Buzilmas qoya” operatsiyasi o‘tkazilgan va unda G‘azo sektorining katta qismi yakson qilingan, natijada mintaqani qayta tiklashga qaratilgan rekonstruksiya mexanizmi ishga tushirilgan. Dastur doirasida u yerga qurilish materiallari yuborilgan. BMT, Isroil va Falastin ma’muriyati ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo‘lgan materiallar — sement, po‘lat va kimyoviy vositalar monitoringini yuritgan. Ushbu tizim muvaffaqiyatli ishlagan, ammo G‘azo sektorining ichida qora bozorning yuzaga kelishiga to‘sqinlik qilmagan — materiallar HAMAS qo‘liga tushgan.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, Isroil va boshqa davlatlar G‘azo sektoridagi yashash darajasining pastligi yangi mojaroni yuzaga keltirishi mumkinligidan xavotirlanib, mintaqa ko‘rsatilayotgan iqtisodi bosimlarni kuchsizlantirish usullarini qidirgan. Buning uchun Qatar orqali moliyalashtirish tashkil etilgan (HAMASning siyosiy qanoti ofisi o‘sha yerda joylashgan): mablag‘lar tinch aholi va elektrostansiyalar uchun yonilg‘i xaridi uchun yo‘naltirilishi kutilgan.

Ta’kidlanishicha, pullar rostdan ham o‘z egalariga yetib borgan, ammo aholi turmush tarzining yaxshilanishi HAMASga sigaret va boshqa tovarlar importi uchun soliqni oshirish imkonini bergan. G‘azodagi iqtisodchilarning baholashicha, harakat soliqlar hisobiga har oyda 40 million dollarga yaqin pul ishlagan.

Misr bo‘lsa 2018-yilda Sinay yarimoroli va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegarani tijoriy tovarlar uchun ochgan va natijada biznesmenlar HAMAS tomonidan qo‘shimcha soliqqa tortilgan.

HAMAS va Isroil urushi

7-oktyabr kuni HAMAS jangchilari Isroilga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. O‘shandan beri Isroil HAMAS nazorati ostidagi aholi zich joylashgan Falastin hududiga yirik havo hujumlarini amalga oshirdi. Isroil armiyasi guruhni yo‘q qilish uchun G‘azo sektorida quruqlikdagi keng ko‘lamli operatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »