Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Hudson institutidagi ma’ruzasida HAMAS va Rossiya bir-biriga o‘xshashini aytdi.

“Vladimir Putin Ukrainani yer yuzidan yo‘q qilib tashlamoqchi. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan HAMAS Isroilni xaritadan o‘chirib tashlamoqchi. Rossiya va HAMAS bir-biriga o‘xshaydi. Prezident (Vladimir) Zelenskiy aytganidek, mohiyat bir xil”, — dedi u.

Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va HAMAS tinch aholini, jumladan, bolalarni o‘ldirish va garovga olish uchun atay tanlaydi.

“Bu vahshiy urush usuli”, — deb ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari. “Agar nazorat qilinmasa, bu yuqumli kasallik Yevropadan Yaqin Sharq va Hind-Tinch okeani mintaqasiga tarqalishi mumkin.

Ular erishgan har qanday muvaffaqiyat mavjud tartibni ag‘darish uchun yanada zo‘ravonliklarni keltirib chiqaradi”.

Shu bilan birga, Yevrokomissiya rahbari Yaqin Sharqdagi keskinlashuvning oldini olish imkoni hali borligini ta’kidladi.

“Isroil va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish mumkin, davom etishi ham kerak”, — dedi u.

Fon der Lyayen Ukraina xalqining jasorati haqida ham gapirdi:

“Biz hech qachon ukrain xalqining fidoyiligi va jasorati bilan bellasha olmaymiz. Lekin ular tomonida qat’iy turishimiz mumkin. Qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt turamiz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi buni nafaqat to‘g‘ri deb bilgani uchun, balki “ukrainaliklar Yevropa qadriyatlari va strategik xavfsizligi yo‘lida kurashayotgani uchun” qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »