Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorini nazorat qilayotgan HAMAS guruhining harakatlari va siyosati Falastin xalqi manfaatlarini aks ettirmaydi, dedi Falastin milliy ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida. Siyosatchilar o‘rtasidagi suhbatdan parchalar 16-oktyabr, dushanba kuni Falastinning WAFA axborot agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Getty Images

Abbos ham falastinliklar, ham isroilliklar o‘rtasida tinch aholining o‘ldirilishiga qarshi ekanini bildirdi, shuningdek, “har ikki tomondan tinch aholi, asirlar va qo‘lga olinganlarni” ozod qilishga chaqirdi, deb yozadi WAFA. Ikki davlat rahbarlarining suhbatiga ko‘ra, Falastin—Isroil mojarosi siyosiy yechim bilan yakunlanishi kerak, bunga esa zo‘ravonliklarsiz erishiladi. 

Falastin rahbari, shuningdek, “xalqi G‘azo sektoridan ko‘chirilishini butunlay rad etishi”ni ta’kidlab, bu “falastinliklar uchun ikkinchi Nakba” (falastinlik arablarning 1947—1949-yillardagi arab-isroil urushi natijasida ommaviy ko‘chishi) bo‘lishini ta’kidladi.

“G‘azo sektorida gumanitar yo‘laklar ochilishi, aholi suv va dori-darmon bilan ta’minlanishi kerak”, — dedi Abbos. 

Isroil G‘azo sektori janubiga suv ta’minotini tikladi 

Isroil energetika vaziri Israel Kats 15-oktyabr kuni mamlakat rasmiylari AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralardan so‘ng G‘azo sektori janubida aholini evakuatsiya qilishga yordam beradigan suv ta’minotini tiklashga kelishib olganini aytdi. 

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida quruqlikda keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazishga tayyorlanayotganini tasdiqlagan. Ularning bayonotiga ko‘ra, bu harakatlar faqat G‘azo sektori shimolidan tinch aholini janubga evakuatsiya qilish zarurati tufayli kechiktirilmoqda. 

Bayden falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab-quvvatladi, ammo HAMAS ishtirokisiz 

“Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga hali imkon bor. Falastin xalqi o‘z hokimiyatiga ega chiqishi, Falastin davlatiga yo‘l ochilishi kerak, ammo mojaro yangi bosqichda keskinlashgani hisobga olinsa, hozir bu yechimga erishish imkonsiz”, — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden. 

Shu bilan birga, Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, HAMAS falastinliklarning manfaatlarini ifodalamaydi, Isroil ham “Falastin xalqining muhim qismi HAMAS pozitsiyasiga qo‘shilmasligini” tushunayotgan bo‘lishi mumkin. Baydenning fikricha, HAMAS “butunlay yo‘q qilinishi” kerak va Isroil buni amalga oshirishga haqli. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »