Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning G‘azoga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 215 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: Twitter

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 8 714 nafar fuqaro jarohatlangan. SSV aniqlik kiritishicha, G‘arbiy Sohilda 54 falastinlik halok bo‘lgan, 1 100 dan ortiq odam yaralangan.

Isroilda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mojarolar vaqtida 1,3 ming kishi halok bo‘lgan, 3,5 ming kishi jarohatlangan. HAMAS hujumi qurbonlarining jasadlarini izlash davom etmoqda.

G‘azo sektori Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning falastinlik qochqinlar karvoniga bergan zarbasi oqibatida 70 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq odam jarohatlangan.

G‘azo aholisi ichimlik suvi tanqisligi sababli qishloq xo‘jaligi quduqlaridan sho‘r suv ichishga majbur bo‘lmoqda, deb ma’lum qildi BMT. Hududda odamlar uchun toza suv ta’minoti to‘xtatilgan.

Avvalroq Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridagi tinch aholi janubiy hududlarga ko‘chib ketishi uchun yana olti soat vaqt borligini ma’lum qilgandi.

AQSH Eron va mintaqaviy guruhlarni Falastin—Isroil mojarosiga aralashishdan to‘xtatib turish uchun Yaqin Sharqqa harbiy samolyotlar yubordi, deb yozmoqda Air Force Times Pentagondagi manbaga tayanib.

Misr G‘azo sektori bilan chegaradosh yagona chegara punkti Rafah darvozasini qochoqlar uchun yopib qo‘ydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »