Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat departamenti amaldori Josh Pol AQSHning Isroilga harbiy yordam o‘tkazish haqidagi qaroriga rozi bo‘lmagani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Foto: Linkedin

Josh Pol qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Siyosiy-harbiy ishlar byurosida AQSH Kongressi va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor edi. U ushbu lavozimda 11 yildan ortiq ishlab kelayotgandi.

Pol prezident Jo Bayden ma’muriyatining Isroilga harbiy yordam o‘tkazish qarorini “impulsiv reaksiya” deb atadi. AQSH rasmiysi falastinlik tinch aholining o‘limiga hissa qo‘shayotgan ishni davom ettira olmasligini aytdi.

“Men Isroil hukumatining (HAMASga) javob qaytarish va o‘zini himoya qilish huquqini tan olaman. Ammo bu jarayonda qancha falastinlik bolalar halok bo‘lishi mumkinligi savol ostida”, — deydi Pol.

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, u iste’foga chiqishini e’lon qilib, sabablarini tushuntirganidan so‘ng uni Davlat departamentidagi ko‘plab hamkasblari qo‘llab-quvvatlagan

AQSH Davlat departamenti izoh berishdan bosh tortdi. WSJ ta’kidlaganidek, Polning iste’fosi Bayden ma’muriyatining Isroilni qo‘llab-quvvatlashiga kamdan kam norozilik namunasidir.

Isroil HAMAS hujumining ertasiga, 8-oktyabr kuni AQSHdan qo‘shimcha harbiy yordam so‘ragandi. Shu kuni Pentagon Isroil armiyasini qo‘shimcha texnika va resurslar, jumladan, o‘q-dorilar bilan ta’minlashini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar sharqiy O‘rta Yer dengiziga aviatashuvchi kema jo‘natib, mintaqada F-35, F-15, F-16 qiruvchi va A-10 hujumchi samolyotlaridan iborat eskadronlarni kuchaytirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »