Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 16-noyabr, payshanba kuni Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Turkmaniston futbolchisi Meylis Durdiyev hisobni ochdi. Jamoalar tanaffusga 1:0 hisobi bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonliklar hisobni tenglashtirdi. 57-daqiqada Otabek Shukurov Eldor Shomurodovning ajoyib uzatmasini golga aylantirdi. 77-daqiqada yana Eldor — Otabek tandemi ishladi va Shukurov darvozani ishg‘ol qilib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada esa Eldor Shomurodov o‘yin taqdirini hal qiluvchi gol muallifiga aylandi. 

Shu tariqa Srechko Katanes shogirdlari saralash bosqichidagi o‘yinini g‘alaba bilan boshladi.


JCH—2026 saralashi

16-noyabr, payshanba

Turkmaniston – O‘zbekiston 1:3

Gollar: 1:0 - 44 Meylis Durdiyev, 1:1 57 Otabek Shukurov, 1:2 — 77 Otabek Shukurov, 1:3— 90+1 Eldor Shomurodov.

Turkmaniston: 23. Rahat Japarov, 2. Guychmurat Annaguliyev, 3. Shohrat Soyuunov, 4. Meylis Durdiyev (6. Alibek Abdurahmonov, 78), 8. Ruslan Mingazov (14. Sanazar Tirkisov, 78), 10. Elman Tagayev (9. Murat Annayev, 88), 13. Velmurat Ballakov (20. Selim Nurmiradov, 61), 15. Abdi Bashimov, 17. Altinmurat Annadurdiyev (7. Arslanmirat Amanov, 61), 18. Yazgilich Gurbanov, 21. Teymur Chariyev.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (13. Sherzod Nasrullayev, 75), 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odilbek Hamrobekov, 11. Oston O‘runov (22. Abbos Fayzullayev, 55), 14. Eldor Shomurodov, 15. Abduqodir Husanov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (21. Igor Sergeyev, 55), 23. Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov (35), Abdi Bashimov (66).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »