Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha U-17 Jahon Chempionati guruh bosqichi 3-turida O‘zbekiston yoshlari 16-noyabr, payshanba kuni Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida ispanlar hujumkorlik namoyish etib, 2 ta gol urdi. Dastlab, 10-daqiqada Igor Oyono hisobni ochgan bo‘lsa, 19-daqiqada Roberto Martin ispanlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Behruz Shukurullayev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ikkinchi bo‘limda esa o‘zbekistonliklar faollik ko‘rsatdi va hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Karimovning uzatmasidan so‘ng Amir Saidov darvozani ishg‘ol qildi. Biroq, o‘yindan tashqari holat borligiga shubha qilinib, hakam VARga murojaat qildi. VAR esa golni inobatga oldi. 

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi va O‘zbekiston ochkolarini 4 taga yetkazib, B guruhida 3-o‘rinni band etdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 1-turda Maliga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 2-turda esa Kanada 3:0 hisobida taslim etilgandi. 


U-17 Jahon Chempionati

3-tur bahsi

16-noyabr, payshanba

O‘zbekiston U-17 – Ispaniya U-17 2:2

Gollar: 0:1 — 10 Igor Oyono, 0:2 — 19 Robert Marin, 1:2 — 45+4 Behruz Shukurullayev, 2:2 — 53 Amir Saidov.

O‘zbekiston U-17: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 4. Behruzjon Karimov (18. Jasur Hikmatullayev, 56) 5. Azizbek To‘lqinbekov, 7. Lazizbek Mirzayev, 8. Behruz Shukurullayev, 9. Amirbek Saidov (14. Shodiyor Shodiboyev, 86), 13. Behruz Jumatov, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollabergan Karimov (3.Yahyo O‘rinboyev, 86), 19. Sherzod Abdulboriyev, 20. Dilshod Abdullayev.

Ispaniya U-17: 1. Raul Ximenes, 4. Yon Martin, 7. Pablo Lopes (19. Daniel Yanez, 64) 8. Roberto Martin, 11. Peio Xuestamendia (20. Yago Paulo, 74) 12. Igor Oyono (9. Mark Guiu,79) 14. Izan Merino, 15. Andres Kuenka, 16. Mark Bernal (8. Pau Prim, 64), 17. Oskar Mesa, 18. Kuim Junyent (10. Xuan Ernandes, 64).

Ogohlantirish: Yon Martin (47).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »