Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bog‘cha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqda Chust tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga doir “Bog‘chada yana bolalar kaltaklandi” nomli video tarqaldi. Video tasvirga ko‘ra, bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchini yechintirish chog‘ida qizchaning yuziga tarsaki tushirgani, ijtimoiy tarmoqning boshqa bir kanalida esa aynan shu tarbiyachi tarbiyalanuvchilar o‘rindig‘ida uxlab yotgani va yana bir qator salbiy xatti-harakatlari aks etgan.

Mazkur hodisa viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i hamda boshqarmaning tegishli mutaxassislari ishtirokida tezkor o‘rganuv tashkil etilgan.

Aniqlanishicha, mazkur hodisa tashkilot tarbiyachisi G.I. tomonidan sodir etilgan va bu xatti-harakat 2022-yilning may oyida ro‘y bergan. Tarbiyalanuvchi G. ismli qizaloqning kaltaklanishi bilan bog‘liq ushbu hodisa nomaʼlum sabablarga ko‘ra, hozirga qadar ochiqlanmay qolgan.

Shuningdek, tashkilot tarbiyachisi G.I. o‘zining salbiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 2022-yilning iyun oyida tashkilotning X. ismli tarbiyalanuvchisiga nisbatan ham sodir etgan. 2022-yilning 17-iyun kuni ushbu masala tashkilotning Kuzatuv kengashi aʼzolari ishtirokida ko‘rib chiqilgan va G.I. tarbiyachi lavozimidan ozod etilib, “kirchi” vazifasiga tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqaro G.I.ning jamiyatda o‘zini tutishiga doir masala “Yorqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bir necha marta ko‘rib chiqilgan.

Ayni paytda fuqaro G.I. sodir etgan hodisa yuzasidan to‘plangan xulosaviy materiallar huquq-tartibot organlariga havola etish va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »