Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Xitoy va Tayvanni tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashi hamda eksport nazoratidan voz kechishi kerak. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin San-Fransiskoda prezident Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Foto: Reuters
“AQSH muntazam ravishda Xitoyga qarshi eksport nazorati, investitsiyaviy cheklovlar va bir tomonlama sanksiyalarni qo‘llab, Xitoyning qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Umid qilamizki, Amerika tomoni Xitoyning xavotiriga jiddiy qaraydi, bir tomonlama sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha chora ko‘radi hamda Xitoy kompaniyalari uchun adolatli va kamsitmaydigan muhitni ta’minlaydi”, — degan Si Szinpin.

U, shuningdek, Vashingtonni “Tayvan mustaqilligini” qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishga va orolga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqirgan. Si Szinpin Tayvanning Xitoyga qo‘shilishini “muqarrar” deb atagan.

Umuman olganda, Xitoy yetkachisi hamkorlik, global muammolarni birgalikda hal etish, mojaroli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik, dialoglarni kengaytirishni yoqlab chiqqan. “Xitoyning AQSH o‘rnini egallash yoki undan o‘zib ketish rejasi yo‘q va AQSHda ham Xitoyni bosib hamda tutib turish bo‘yicha rejalar bo‘lmasligi kerak”, — deya ta’kidlagan Si Szinpin.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoy raisi Si Szinpinni oldingidek diktator deya hisoblashini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »