Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 24-oktyabrida mashhur xonanda Britni Spirsning o‘tgan yillari haqidagi memuar kitobi nashrdan chiqdi. Unda so‘nggi 20 yilda nimalar bo‘lgani haqida batafsil yozilgan. Ma’lum bo‘lishicha, olamshumul mashhurlik yosh xonandaga og‘irlik qilgan va u buning badalini haligacha to‘lab kelmoqda.

 
 
Foto: Getty Images

Britni Spirs 2000-yillarning boshlarida eng mashhur qo‘shiqchilardan biri edi. Dastlab u hayotini sahna bilan bog‘lashni orzu qilmagan. Biroq prodyuserlar qizdagi potentsialni ko‘rib, uni “Mikki Maus klubi” shousiga taklif qilishadi. Britnining karyerasi 16 yoshidanoq rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda xonanda hozirgacha sevimli bo‘lgan Baby One More Time trekini chiqaradi.

Xonandaning mashhurligi kundan kunga orta boshlaydi. Ammo har doimgidek qanchalik baland ko‘tarilsang, tushish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Tez orada Britni muammolarga duch kela boshladi. Yosh xonanda bunchalik katta shon-shuhratga dosh bera olmaydi va bu holat otasining aralashishiga sabab bo‘ladi. 2008-yildan 2021-yilgacha u otasining qaramog‘ida yashaydi — bu yulduz uchun juda qiyin davr edi.

Foto: Getty Images

Hozirda xonanda boshidan kechirgan dahshatli kunlardan qutulishga harakat qilmoqda. Muxlislarga aslida nima bo‘lganini aytib berish uchun Spirs The Woman In Me (“Mendagi ayol”) deb nomlangan xotira kitobini nashrdan chiqardi. Mazkur kitob birinchi kuniyoq mashhurlar haqidagi eng ko‘p sotilgan kitobga aylandi. Britnining bu kitobi nima haqida?

Spirs yaxshi qiz bo‘lganidan afsuslanadi

Britni Baby One More Time trekiga klip ishlaganida hamma e’tiborini unga qaratdi. Hozirda ham uni pop madaniyatidagi eng mashhur kliplardan biri deb atash mumkin. Ammo o‘shanda qo‘shiqchi maktab o‘quvchisining juda ochiq obrazi uchun tanqid qilingan.

Foto: Getty Images

Yosh yulduz barchaning e’tibor markazida edi, ba’zida bu unga yoqmasdi ham. Qiz doimiy ravishda paparatssilar tomonidan ta’qib qilinadi. Britni uchun yana bir muammo intervyu berish bo‘lib, boshlovchilar ko‘pincha unga noto‘g‘ri va hatto haqoratli savollar berishardi. Biroq o‘sha paytda butunlay boshqacha vaziyat edi. Spirs doimo o‘zini chegaralar ichida ushlab turishi, samimiy va do‘stona bo‘lishi, jurnalistlarga hurmat bilan murojaat qilishi — yaxshi qiz obrazini saqlab qolish uchun harakat qilishi kerak edi.

“O‘sha vaqtni eslaganimda haqiqatan ham orzular ichida yashaganimni, uni amalga oshirganimni tushunaman. Gastrol safarlari sabab butun dunyo bo‘ylab sayohat qildim”, — deb yozgan Spirs. Biroq u stereotiplarga amal qilish uchun behuda harakat qilganini tan oladi: “O‘shanda kuchim bor edi. Afsuski, undan yetarlicha foydalanmaganman, men isyonchi emasdim”.
Foto: Getty Images

Jastin Timberleyk bilan munosabatlari

Britni Spirs bolaligidan tanish bo‘lgan Jastin Timberleykni butun vujudi bilan sevib qolganini yashirmaydi. Mashhurlar 1999-yildan 2002-yilgacha birga bo‘lishadi, ularning birgalikdagi chiqishlari haqiqiy shov-shuvga aylanadi. Ammo yopiq eshiklar ortida sodir bo‘lgan voqealar OAV yozgan ertakka umuman o‘xshamasdi.

Foto: Getty Images

Timberleyk o‘zining yakkaxon karyerasini endigina boshlagan va ko‘p vaqtini bola tarbiyasiga sarflashini xohlamasdi. Shuning uchun u Britnini abort qilishga undaydi. 

“Men Jastinni juda yaxshi ko‘rardim. Doim bir kun kelib oilamiz bo‘ladi deb o‘ylardim. Bu men kutganimdan ancha tez sodir bo‘ldi... Abort qilish to‘g‘ri qarormi, bilmayman. Agar o‘zimga qolsa, buni hech qachon qilmasdim. Ammo u ota bo‘lishni xohlamasligiga shunchalik amin ediki”, — deb yozgan Spirs.

Shuningdek, xonanda yigitining unga xiyonat qilganini ham aytib o‘tadi. Biroq u Jastinga shunchalik qattiq bog‘langandiki, hatto uning bu qilmishini ham kechiradi.

Foto: Getty Images

Juftlikning ajralishi kutilmaganda sodir bo‘ladi: Spirs shunchaki ikkita so‘zdan iborat SMS xabar oladi: “Hammasi tugadi”. Uning uchun ajralish yana bir sinovga aylanadi, chunki Jastin bu vaziyatdan maksimal darajada foydalanish uchun qo‘lidan kelganini qiladi — u mashhur Cry Me A River klipini chiqaradi, unda sobiq sevgilisini barcha muammolarning aybdori sifatida ko‘rsatadi. Va hamma yigitning xiyonati haqida bilishiga qaramay, barchasiga Spirsni aybdor deb topadi. “Men Luizianada behush holatda edim, u esa Gollivud bo‘ylab xursand holda yugurardi”, — deb eslaydi Britni.

Xonanda 2007-yilda sochini qirib tashlaganining sababini aytdi

Spirs bir necha bor reabilitatsiya markazida davolangan. O‘sha paytda uning ikki o‘g‘li bor va Kevin Federlayn bilan ajralish jarayonini boshdan kechirayotgandi. Britni bolalarini faqat ko‘rishi mumkin edi, lekin ularni tarbiyalay olmasdi.

Foto: Getty Images

Bunga norozilik sifatida u keskin o‘zgarishlar qilishga qaror qiladi: “Sochimni kalga oldirish va boshqacha harakat qilish — mening qarshi kurashish usulim edi”. Natijada 2008-yilda sud qarori bilan xonanda ustidan vasiylik belgilanadi, bu Jeymi Spirsning otasi va advokatiga uning moliyaviy hamda shaxsiy ishlarini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.

O‘shandan beri Britniga imijini o‘zgartirish va o‘zi xohlagan ishni qilish taqiqlangan: “Sochlarimni o‘stirib, formaga qaytishim kerak edi. Bundan tashqari, erta yotishim va ular buyurgan dorilarni ichishim shart edi”.

Britni Spirsning otasi qaramog‘idagi 13 yili qanday o‘tdi?

Britni Spirs otasi Jeymi nazorati ostida bo‘lgan o‘sha yillarda qanchalik qiyin bo‘lganini hech kim tasavvur qila olmaydi. “Konservatorlik ayolligimdan mahrum qildi, meni bolaga aylantirdi”, — deb yozadi u.

Foto: Getty Images
“Ba’zida o‘zimni hech kimga kerak bo‘lmagan, tuzoqqa tushib qolgan katta yoshli ayol kabi his qilardim, — deydi qo‘shiqchi. — Buni tushuntirish qiyin, men qanday qilib kichkina qizga aylanib qoldim, tushunmasdim — ular erkinligimdan mahrum qilishgandi. Kattalar kabi harakat qila olmasdim, chunki menga kattalar kabi munosabatda bo‘lishmadi, shuning uchun men orqaga qaytdim va bolalardek yashay boshladim”, — deb tan oladi Britni.

 Ota qizini to‘liq nazoratda ushlardi: uning puliga egalik qilardi, qomati qanday bo‘lishi kerakligini uqtirardi, oshpazlarga u ruxsat bergan ovqatlardan boshqa narsa berishga qo‘ymasdi va yulduzni doimo semiz deb atardi.

 
Foto: Getty Images

​Qo‘shiqchi bularning hammasiga faqat bir shart uchungina chidardi: “Farzandlarim bilan birga uxlash evaziga men erkinligimdan ayrilishga ham tayyor edim”.

“O‘n uch yil o‘tdi va o‘zimni o‘z soyamdek his qildim. Oilamning men nisbatan bunday yo‘l tutishlariga loyiq emasdim”, — deydi Britni.

 
 
Foto: Getty Images

Britni Spirs xonandalikka qaytishni rejalashtiryaptimi?

Britni Spirs xotira kitobini barcha muxlislarini tashvishga solayotgan savolga javob bilan yakunlaydi. Yulduzning aytishicha, musiqa va sahnadagi jonli ijrolar endi unga avvalgidek quvonch keltira olmaydi.​

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »