Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2000-yillar serial va filmlaridagi bola aktyorlarni eslaysizmi? Qiziq, ular hozir qanday ko‘rinishda?

Eshli va Meri-Keyt Olsen

 
 
Foto: Getty Images

Bu opa-singillar 90-yillarning oxirida o‘zlarining jozibasi bilan Gollivudni portlatib yuborishdi. Eshli va Meri-Keyt ko‘plab loyihalarda ishtirok etishgan, reklama roliklarida rol o‘ynashgan va hatto multfilmlarda ovoz berishgan. Hozirda egizaklar o‘rnini singlisi Elizabet egalladi, u ham tomoshabinlar qalbini zabt etdi va hali kino karyerasidan voz kechmoqchi emas.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Lindsi Lohan

Foto: Getty Images

Bu maftunkor mallasoch qiz umuman o‘zgarmaganga o‘xshaydi. Lindsi bolaligida tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, yulduzlar dunyosiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Aktrisa bir necha yillardan beri filmlarda suratga tushmaydi. Buning sababi oila bo‘lishi mumkin, chunki Lohan yaqinda farzandli bo‘ldi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Zendaya

Foto: Getty Images

Aktrisaga bolalar shoulari va teleseriallari mashhurlik keltirdi. Kichkina Zendaya darhol ommaning sevimlisiga aylandi. Aytgancha, hozirda aktrisa har qachongidan ham mashhur. Yaqinda u “Dyuna”, “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q”, “Eyforiya” va boshqa yirik loyihalarda rol o‘ynadi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Makoley Kalkin

Foto: Getty Images

Hech bir Yangi yil bu mallasoch bolakaysiz o‘tmaydi. Biroq “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzining mashhurligi uzoq davom etmadi. Bolaning agenti bo‘lgan otasi o‘g‘lining suratga tushishi uchun juda katta pul so‘ragan. Shu sababli prodyuserlar bola bilan shartnoma tuzishni to‘xtatadi. Kalkin esa muammolardan qochishning eng oson yo‘li — ichkilikka berilib ketadi. Kamiga bir necha yillar davomida aktyor giyohvandlikka qaram bo‘lib qoldi, ammo sevgi uni normal hayotga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Josh Xatcherson

Foto: Getty Images

Qizig‘i shundaki, Josh hech qachon san’at institutida o‘qimagan. Kichkina nabirasining iqtidorini payqagan bobosi uni kastingga olib boradi. Bola mashhurlik cho‘qqisiga chiqqanida 10 yoshga ham to‘lmagan edi. Hozirda Josh prodyuserlikka ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Eysa Batterfild

Foto: Getty Images

Eng jozibali britaniyalik aktyorlardan biri bolaligidanoq san’atga qiziqadi. Yosh iste’dod sohibining iqtidori darhol sezilib, uni kastinglarga taklif qilishadi. Eysaning ijodiy yo‘li shu yerda boshlangan. Oxirgi to‘rt yildan buyon aktyor yangi serial bilan band.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »