Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hatto “A” ro‘yxatidagi kino yulduzlari ham ba’zida muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishadi va salbiy tanqidlarni qabul qilishadi. Ammo ular bir xatodan keyin to‘xtamaydi va o‘z kasblarini professional ravishda davom ettiradi — ular rivojlanadi, yaxshilanadi va eng yuqori kino mukofotlarini oladi.

Jennifer Eniston

 
 
Foto: AdMe

Ko‘pchilik Jennifer Enistonni “Do‘stlar” serialidagi Reychel Grin roli bilan eslaydi. Aktrisaning filmografiyasida kamida 70 ga yaqin rol bor. Ammo ularning ko‘pchiligi muvaffaqiyatsiz chiqqan — “Yaxshi qiz”, “Har narsaga qodir Bryus”, “Marli va men” hamda “Biz Millerlarmiz” kabi filmlar shular jumlasidan.

2011-yilda Eniston “Tavakkalchilar” va “Do‘stdan ham ko‘proq” filmlaridagi rollari uchun ikki marta “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Aktrisa keyingi yili “Rafiqam bo‘l” filmidagi roli uchun yana bir nominatsiya oladi va barcha muvaffaqiyatsizliklar shu yerda tugaydi.

2015-yilda aktrisa “Tort” filmidagi roli bilan obro‘sini tiklab oladi. Bundan tashqari, 2019-yildan beri Eniston mashhur “Tonggi shou” serialida asosiy rollardan birini o‘ynaydi.

Kianu Rivz

Foto: AdMe

Millionlab tomoshabinlarning sevimlisi va Gollivudning asosiy introverti Kianu Rivz mehnatsevarligiga qaramay, ko‘pincha o‘rtacha filmlarda o‘ynagan. Uning eng mashhur asarlari “Tezlik”, “To‘lqinlarni bo‘ysundirib”, “Matritsa”, “Iblis himoyachisi” va “Konstantin”. Shu bilan birga, uning filmografiyasida 100 dan ortiq film mavjud. Kianu Rivz olti marta “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

2014-yilda “Jon Uik” franshizasi ekranlarga chiqqach, hammasi o‘zgardi. The Hollywood Reporter bu rolni “Rivzning jangovar janrga qaytishi” deb atadi. To‘rt qismning barchasi ham tanqidchilar, ham tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Sandra Bullok

Foto: AdMe

Sandra Bullok shu qadar ko‘p qirrali aktrisaki, 2010-yilda bir vaqtning o‘zida u  “Oltin malina” va “Oskar” mukofotlarini oladi.

Birinchi mukofot “Hammasi Stiv haqida” filmi uchun olingan. Tanqidchilardan biri, Bullokning bu ijrosi hatto aktrisaning eng ashaddiy muxlislarini ham xafa qilganini aytadi.

Biroq o‘sha yili aktrisaga “Oskar”ni olib kelgan “Ko‘rinmas tomon” sport dramasi ekranlarga chiqadi. Tanqidchilar ham, tomoshabinlar ham filmni va Bullok obrazini maqtashadi. Ba’zi tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, aktrisa qoyilmaqom ijrosi bilan filmdagi barchani ortda qoldirgan.

Leonardo Di Kaprio

Foto: AdMe

Bugungi kunda Leonardo Di Kaprioning aktyorlik qobiliyatiga hech kim shubha qilmasa kerak. Uning filmografiyasi juda ko‘p murakkab va chuqur rollarni o‘z ichiga oladi. So‘nggi 20 yil ichida u 6 marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan, ulardan biri Di Kaprioga uzoq kutilgan haykalchani olib keldi.

Biroq Leonardoning professional yo‘li juda qiyin kechgan. Masalan, yosh Di Kaprio faoliyatining boshida ikki marta “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lgan: 1999-yilda “Temir niqobli odam” va 2001-yilda “Plyaj” filmi uchun.

Yillar o‘tib, bu xatolar tendensiya emas, balki tasodif ekanligi ayon bo‘ladi. Leo esa yildan yilga iste’dodi bilan bizni xursand qilishda davom etmoqda.

Nikolas Keyj

Foto: AdMe

Nikolas Keyjni ishonch bilan Gollivudning ko‘p qirrali aktyorlaridan biri deb atash mumkin. Ba’zilar uni haqiqiy daho deb bilishsa, boshqalar u haqida faqat kinoya bilan gapirishadi. Tanqidchilar Nikolasni ko‘pincha haddan tashqari harakat qilishda ayblashadi. Qolaversa, 2007-yildan buyon u 8 marta “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘ladi. Biroq, 2021-yilda Keyj “To‘ng‘iz” filmidagi roli uchun obro‘sini tiklagach, hammasi o‘zgaradi. Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanadi. Ba’zilar Keyjning ijrosini “Oskar”ga loyiq deb ataydi.

Bred Pitt

Foto: AdMe

Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i hozirda juda band. Uning birinchi katta muvaffaqiyati 1991-yilda bo‘lgan. Biroq uch yil o‘tgach, Pitt karyerasida sezilarli darajadagi qulashni boshdan kechirdi. U “Vampir bilan intervyu” filmidagi roli uchun juda ko‘p tanqidlarga uchraydi. Bred bu kartinaning deyarli asosiy muammosi deb ataladi. Keyinchalik Tom Kruz bilan “Oltin malina” mukofotiga nomzod bo‘lishadi.

Biroq bu muvaffaqiyatsizlik Pittning faoliyatini yakunlamaydi. Aksincha, shundan so‘ng uning ishtirokida ko‘plab mashhur filmlar chiqadi — “Yetti”, “12 maymun”, “Tanishing, Jo Blek”, “Jang klubi” va boshqalar. So‘nggi o‘n yil ichida u “12 yil qullikda” va “Bir paytlar Gollivudda” filmlari uchun ikkita “Oskar”ni qo‘lga kiritadi.

Ketrin Zeta-Jons

Foto: AdMe

Karyerasining boshida Ketrin Zeta-Jons ko‘pincha sohibjamollarni yoki bosh qahramonning qiz do‘stlarini o‘ynaydi. “Qopqon” filmidagi ushbu rollardan biri uchun aktrisa 2000-yilda ikkita “Oltin malina” nominatsiyasini oladi.

Ikki yil o‘tgach, Jons boshqa rollarni ham o‘ynashi mumkinligini butun dunyoga isbotladi. “Chikago” filmida u matbuot e’tibori va shon-shuhratiga intiluvchi yulduz bilan to‘qnash kelgan kabare raqqosasi rolini o‘ynaydi. Ushbu rol uchun aktrisa “Oskar”ga munosib ko‘riladi.

Tom Kruz

Foto: AdMe

Tom Kruzning mukofotlar ro‘yxati sizni hayratda qoldirishi mumkin. Kruzda yettita “Oltin globus” va oltita “Oltin malina” mukofoti bor.

Oxirgi muvaffaqiyatsiz ishlardan biri Nik Mortonning “Mumiyo” filmidagi roli edi. Film professional hamjamiyat tomonidan ham, tomoshabinlar tomonidan ham tanqid qilinadi. Buning uchun aktyor keyinchalik “Oltin malina” oladi.

Biroq bir necha yil o‘tmay, aktyor kino sanoatidagi ajoyib yutuqlari uchun 2022-yilda Kann kinofestivalida laureat, 2023-yilda esa “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »