Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino sanoatida obrazi ishonarli chiqishi uchun tashqi ko‘rinishiga zarar yetkazib qo‘yish hollari ko‘p uchraydi, ayniqsa sochlar ko‘p shikastlanadi.

Emiliya Klark — “Taxtlar o‘yini”

 
 
Foto: Filmdan kadr

Filmning dastlabki yetti faslida Emiliya Klark parik kiygan, bu ajablanarli emas, chunki Deynerisning mukammal soch turmagiga erishish uchun Emiliya soatlab o‘tirishi kerak edi. Ammo so‘nggi mavsumda Emiliya bu tajribadan voz kechishga qaror qiladi va sochini bo‘yashga rozi bo‘ladi. Bu noto‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi, chunki uning sochlari shunchalik shikastlanganki, iyagigacha kestirishga majbur bo‘ladi.

Sofi Tyorner — “Taxtlar o‘yini”

Foto: Filmdan kadr

Sofi Tyorner bilan ham noxush holat yuz beradi — ikki marta. Birinchidan, Sansa Ramsidan qochib ketgan kadrlari suratga olinayotganda Sofi bir necha oy davomida sochini yuvmaydi. Sofi sovuq shimol bo‘ylab sayohat qilayotgan va yuvinishning imkoni bo‘lmagan qizni real tasvirlash uchun kir sochlari bilan yuradi. Ikkinchidan, Sofi oxirgi mavsumgacha hech qachon parik kiymagan. Tyorner bir necha yil davomida sariq sochlarini qizil rangga bo‘yaydi. Biroq bu sochlarining shikastlanishiga olib keladi, sochi to‘kilib ketmasligi uchun oxirgi mavsumda parik kiyishga majbur bo‘ladi.

Kira Naytli — ko‘plab filmlarda

Foto: Filmdan kadr

Asli jigarrang sochli Kira Naytli faoliyati davomida sochini 10 martadan ko‘p bo‘yagan. U rollari ishonarli chiqishi uchun shunday qilgandi. Ammo 2011-yildan beri Kira bu tajribani boshqa takrorlamaslikka qaror qildi, chunki uning sochlari tom ma’noda to‘kilib tusha boshladi. Shundan beri Naytli parikdan foydalanadi.

Ariana Grande – “Viktoriya g‘olib”

Foto: Filmdan kadr

Ariana Grande nafaqat taniqli qo‘shiqchi, balki “Viktoriya g‘olib” teleseriali tufayli mashhur bo‘lgan aktrisadir. Shu roli sabab u bir necha yil davomida har ikki haftada bir sochlarini oqartirib, qizil rangga bo‘yaydi. Ariana keyinchalik bu jarayon sochlarini shikastlaganini tan oladi, natijada haddan tashqari ko‘p to‘kilgan sochlarini yashirish uchun ot dumi turmagidan foydalanishga majbur bo‘ladi.

Milla Yovovich – “Beshinchi element”

Foto: Filmdan kadr

Jigarrang sochli Milla Yovovich faoliyati boshida Bryus Uillis bilan o‘ynagan “Beshinchi element” filmi uchun sochlarini to‘q sariq rangga bo‘yashga majbur bo‘ladi. Muntazam kimyoviy bo‘yoqlar tufayli Millaning sochlari to‘p-to‘p bo‘lib tusha boshlaydi. Bir necha hafta o‘tgach esa sochining faqat yarmi qoladi, shuning uchun sochlari butunlay to‘kilib ketmasidan avval parikka o‘tadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »