Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino sanoatida ham shunday omadsizliklar bo‘ladiki, ba’zida aktyorlar ularga olamshumul mashhurlik keltirishi mumkin bo‘lgan rollarni rad etib, keyinchalik afsuslanishiga sabab bo‘lgan.

Metyu Makkonaxi (Jek, “Titanik”)

 
 
Foto: Marie Claire

“Titanik” kult filmining muvaffaqiyati barchaga ma’lum. Ko‘p yillar o‘tib “Avatar” filmigina uning kassa rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo bir vaqtlar Jeyms Kemeronning fojiaviy kema halokati haqidagi filmining muvaffaqiyatiga ko‘pchilik ishonmagan. Bosh rollarni o‘ynashga taklif qilingan ba’zi aktyorlar ssenariyni zo‘rg‘a o‘qib, filmda qatnashishni xohlamagan. Misol uchun, Metyu Makkonaxiga Di Kapriodan ancha oldin Jek rolini o‘ynash taklif qilingan, ammo u rolni rad etgan. Kemeronning so‘zlariga ko‘ra, Makkonaxi o‘zining personaji unga qiziq emasdek tuyulgani va hatto yomon yozilgani haqidagi bayonotidan keyin shunchaki muloqotni to‘xtatgan. Aytgancha, Gvinet Peltrou ham Rouz rolini o‘ynash taklifini e’tiborsiz qoldiradi.

Leonardo Di Kaprio (Patrik Beytman, “Amerikalik telba”)

Foto: Marie Claire

Manyaklar va sotsiopatlar – bunday obrazlar aktyorni muntazam ravishda o‘ziga jalb qiladi. Biroq bir marta Leonardo yana bir telba rolini o‘ynash uchun Kristian Beyl bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi — ikkalasi ham shafqatsiz qotil Patrik Beytman rolini o‘ynashni xohlardi. Yakunda Beyl g‘alaba qozonadi. Hatto u istehzo bilan: “Leonardo psixopat rolini o‘ynaydi? Bu rollar uning, ta’bir joiz bo‘lsa, “fotogenichniy” yuziga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Ammo mening qiyofam razil va rasvo obrazlar uchun juda mos keladi” deydi.

Jim Kerri (Jek chittak, “Karib dengizi qaroqchilari”)

Foto: Marie Claire

Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” filmida ishtirok etishdan oldin ham taniqli bo‘lsa-da, kapitan Jek chittak roli unga chinakamiga olamshumul mashhurlik olib keldi va aytish kerakki, filmning muvaffaqiyati asosan shu qahramon obrazi bilan ta’minlangan. Biroq hammasi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi, chunki qaroqchi roliga dastlab Jim Kerri kastingdan o‘tgan. Ammo Jim boshqa loyiha — “Har narsaga qodir Bryus” filmi foydasiga bu roldan voz kechadi.

Bryus Uillis (Sem, “Ruh”)

Foto: Marie Claire

Har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir sevgi haqidagi romantik va nihoyatda ta’sirli hikoya. Bosh qahramonlar Demi Mur va Patrik Sueyzi o‘rnida boshqa hech kimni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Sueyzi Sem rolini deyarli tasodifan qo‘lga kiritadi — bu obraz unga Bryus Uillis tufayli nasib etadi. Gap shundaki, Uillis filmda rol o‘ynashdan bosh tortadi, chunki u film muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga amin edi. Direktorning boshqa iloji qolmaydi, kartina muvaffaqiyatsizlik yoqasida edi. Hammasini baxtli tasodif hal qiladi — “Ruh” filmining ssenariy muallifi Bryus Joel Rubin Patrik Sueyzi bilan bo‘lgan intervyuni ko‘rib qoladi va aktyor bilan uchrashadi. Rejissor Sueyzi bosh qahramon rolini o‘ynashiga qattiq qarshilik qiladi, ammo ajoyib kinoprobadan so‘ng aktyor tanlash masalasi nihoyat hal bo‘ladi.

Tim Rot (Severus Sneyp, “Garri Potter va hikmatlar toshi”)

Foto: Marie Claire

Tim Rot sehrgar bola haqidagi mashhur hikoyada professor Severus Sneyp roliga juda mos edi. Biroq oxir-oqibat Sneyp rolini Alan Rikman o‘ynaydi, Rot esa Byortonning “Maymunlar sayyorasi” filmida ishtirok etishni afzal ko‘radi.

Emili Uotson (Ameli, “Ameli”)

Foto: Marie Claire

Odri Tatu o‘rnida boshqa birovni tasavvur qilish mumkinmi? Albatta yo‘q! Biroq film rejissori Jan-Pyer Jene bosh rolda Emili Uotson o‘ynashini xohlagan va hatto bosh qahramonni unikiga o‘xshash ism – Ameli deb atagan. Ammo fransuzning orzulari ro‘yobga chiqmadi: birinchidan, Emili fransuz tilini bilmasdi, bu rejissorning vazifasini sezilarli darajada murakkablashtirardi, ikkinchidan, Emili Uotson “Gosford bog‘i” filmida suratga tushishga rozilik bergan va uni rad etishga juda kech edi. Ammo bu kimlar uchundir katta omad bo‘ldi, chunki Tatuning bu roli hozirgacha uning tashrif qog‘oziga aylangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »