Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya kino sanoati faqatgina “Kalmar o‘yini”dan iborat emas. Mamlakatda har yili butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning sevimlisiga aylangan yuzlab yorqin seriallar ishlab chiqariladi.

“Pastki qavatdagi qiz” (2023)

 
 
Foto: AdMe

IMDb reytingi - 7,3

Mashhur K-pop guruhining bosh vokalisti Li Du Na kutilmaganda shou-biznes faoliyatini tashlab, kollejdagi yotoqxonaga ko‘chib o‘tadi. Yuqori qavatda esa Li Von-Jun ismli oddiy birinchi kurslik yigit yashaydi. Avvaliga u sirli qo‘shniga e‘tibor bermaydi. Ammo asta-sekin qiz uni ko‘proq va ko‘proq maftun qila boshlaydi.

“Vaqt sen tomon chorlamoqda” (2023)

Foto: AdMe

IMDb reytingi — 7,8

Xan Jun Xi yigitining o‘limidan o‘ziga kelolmaydi. To‘satdan u 1998-yilga borib qoladi. U o‘ziga o‘xshagan o‘rta maktab o‘quvchisining tanasida jonlanadi. Va u o‘lgan yigitiga juda o‘xshash yigitni uchratadi. Qahramon uni o‘tmishga olib kelgan sirni ochishi va yana bir bor sevgan odami bilan vaqt o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

“Triumf” (2022)

IMDb reytingi - 8.1

Mun Dong Eun ismli qizni maktabda sinfdoshlari qattiq do‘pposlaydi. Bezorilik tufayli u maktabi va hatto me’mor bo‘lish orzusidan voz kechadi. Yillar o‘tib, qahramon o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Taqdirni qarangki, sinfida o‘sha vaqtda bezorilikka bosh bo‘lgan qizning bolasi ham o‘qiydi. Endi Mun Dong Eun qasos olishni boshlaydi.

“Taqdir” (2023)

IMDb reytingi - 7,7

Li Xong Jo oddiy davlat xizmatchisi, shunga yarasha oddiy hayot kechiradi. Advokat Chang Xing Yu esa o‘tmishdagi “xatosi” uchun yomon xayollardan qutila olmaydi. Uni bu qismatdan faqat Xong Jo qutqara oladi, chunki u o‘tmishdagi shamanning davomchisi. Bir kuni u maxfiy afsunlar solingan quti ochish uchun Xong Joga eltib beradi. Qahramonlar bir-birlarini qanday sevib qolishganini sezmaydi. Film sevgi uchburchagini his qilasiz.

“Ertaga” (2022)

Reyting - 7,9

Choi Jun-Vung nufuzli universitetni tamomlaydi, lekin yaxshi ish topolmay halak. Qahramon obro‘li ish topishga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgach, o‘lim xabarchilari jamoasini (koreys mifologiyasidagi odamlarni so‘nggi safarga olib ketayotgan mavjudotlar) uchratadi. Ular unga umidsizlik rishtalaridan xalos bo‘lishga va  o‘z joniga qasd qilayotgan insonlarni hayotga qaytarishga yordam berishadi. Bu jamosadagihar bir qahramon o‘z o‘tmishida o‘z joniga qasd qilgan va albatta bundan afsuslanganiniko‘rishmumkin. Filmning yutug‘i sifatida Koreyada avj olgan o‘z joniga qasd qilishlarni qoralab chiqishidir.

“Jahannamdan kelgan begonalar” (2019)

Foto: AdMe

Reyting - 7,8

Yun Jong Vu yaqindagina poytaxtga ko‘chib o‘tadi va ishga joylashadi. Uning qurbi yetadigan yagona turar joy arzon yotoqxona edi. Ammo qo‘shnilari unga juda g‘alati va shubhali ko‘rinadi. Vaqt o‘tishi bilan qahramonni yanada qo‘rqitadigan voqealar sodir bo‘la boshlaydi.

“Kichik ayollar” (2022)

Foto: AdMe

Reyting - 7,8

Tomoshabinlar bu filmni “Kichik ayollar”ning ajoyib versiyasi deb o‘ylashadi. Ammo film sujeti klassik kartinadan tubdan farq qiladi.

Serial bosh qahramonlari kambag‘al oilaning uch nafar qizi. Qizlarning taqdiri nufuzli koreys oilasi bilan chambarchas bog‘liq. Oilasini badavlat qilish orzusida bo‘lgan eng katta qiz O In Ju jinoiy to‘dadan biriga tegishli katta miqdordagi pulni topib oladi. O‘rtancha qiz O In Gyong bu milliarderni fosh qilish uchun jurnalistik surishtiruv olib boradi. Kichik singil O In Xe esa o‘sha jinoyatchining qizi bilan do‘stlashadi. Kutilmagan aloqa ikki oila o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanadi.

“Bilaman, lekin...” (2021)

 
Foto: AdMe

Reyting - 7.1

Je Eon e’tibor markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radigan kelishgan yigit. U hamma uning atrofida parvona bo‘lishini xohlaydi. Lekin sevgiga ishonmaydi, ishqiy munosabatlarni bema’ni deb hisoblaydi. Na Bi — xiyonatni boshdan kechirgan qiz. U munosabatlardan qochmaydi, lekin hech kimga ishonishni xohlamaydi. Bir kuni ikkovi uchrashib qolishadi. Endi ular do‘st bo‘lib qolish, abadiy ajralish yoki sevgiga ishonishga harakat qilish haqida qaror qabul qilishlari kerak.

“Yigirma besh, yigirma bir” (2022)

Foto: AdMe

Reyting - 8,6

Yosh Na Hi Do qilichbozlik bilan shug‘ullanadi va shu sport turi bo‘yicha eng zo‘ri bo‘lishni orzu qiladi. Bir kuni u kumirining jamoasiga qabul qilinadi, lekin murabbiy o‘rniga u raqibga duch keladi. Ayni paytda qiz Baek Yi-Jin ismli yigit bilan tanishadi. Otasi bankrot bo‘lgani uchun yigit har qanday ishda ishlashga majbur. Shaxsiy muammolar fonida qahramonlar murakkab va og‘riqli sevgi mojarosini boshdan kechiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »