Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

16-oktabr kuni taniqli studiya o‘zining 100 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan Disney tufayli mashhur bo‘lgan va eng ko‘p maosh oladigan yulduzlar bilan tanishing.

Mayli Sayrus (160 million dollar)

 
 
Foto: Getty Images

“Xanna Montana” seriali yulduzi super xitlar va aqlbovar qilmaydigan darajada katta daromad topishidan avval Disney loyihalarida ishtirok etib yurgan.

Selena Gomez (96 million dollar)

Foto: Getty Images

Selena Gomez Maylidan sezilarli darajada ortda. Xeyli Biber va Bella Xadid bilan bo‘lgan janjallar qo‘shiqchiga xayp va 96 million dollar keltiradi.

Nik Jonas (70 million dollar)

Foto: Getty Images

Jonas Brothers dagi eng yosh va eng boy ijodkor. Erining hisobidagi pullar tufayli Priyanka Chopra ishlamasa ham bo‘laveradi.

Jo Jonas (50 million dollar)

Foto: Getty Images

Sofi Tyorner Nik Jonasning akasi Jo Jonasni tashlab ketmaganida Priyanka kabi tashvishsiz yashashi mumkin edi.

Shaya LaBaf (25 million dollar)

Foto: Getty Images

Disney davridan keyin Shaya LaBaf bolalarga mo‘ljallangan kartinalarda emas, balki kattalar filmlarida rol o‘ynay boshladi.

Zak Efron (25 million dollar)

Foto: Getty Images

“Ajoyib myuzikl” seriali chiqqanida Zak Efron yoshlarning kumiriga aylangan va u bugungi kunda ham bu mavqeni ushlab turibdi. Daromadi ham yildan yilga o‘sib bormoqda.

Xilari Daff (25 million dollar)

Foto: Getty Images

Musiqa, tadbirkorlik, yozuvchilik — bularning hammasi bilan Xilari Daff suratga olish ishlaridan keyin shug‘ullangan. Uning har qanday faoliyati yaxshigina daromad keltiradi.

Vanessa Xadjens (18 million dollar)

Foto: Getty Images

“Ajoyib myuzikl” seriali Vanessa Xadjens uchun ham Gollivudga yo‘l ochadi. U ko‘p yillik mashhurlik davomida moliyaviy savodxonlikni o‘rganganini ta’kidlaydi. Shuning uchun unga yiliga 18 million dollar daromadi bemalol yetadi.

Koul Sprous (8 million dollar)

Foto: Getty Images

Disney bilan ishlagandan so‘ng, Koul Sprous “Riverdeyl” filmi tufayli mashhur bo‘lib ketadi. Ammo serialning muvaffaqiyati yulduzga unchalik ko‘p daromad keltirmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »