Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ta’lim inson hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Ba’zilar bilimsiz inson hayotda hech narsaga erisha olmaydi deb hisoblaydi. Bollivudda maktabni tugatmagan, lekin filmlarda muvaffaqiyat qozonib, mashhurlikka erishgan yulduzlar talaygina.

Ranbir Kapur

 
 
Foto: Bollywoodtime

Mashhur ota-ona — Rishi Kapur va Nitu Singxning o‘g‘li uslubi va qiziqarli ko‘rinishi bilan mashhur. Uning maktabni ham tugatmaganini ko‘pchilik bilmaydi. U har doim yomon o‘qigan, ko‘pincha darslarni o‘tkazib yuborgan. 10-sinfda imtihonlarda atigi 54 foiz ball to‘plab, maktabni zo‘rg‘a bitirgan. Shundan so‘ng u o‘qishga qiziqmasligini aytadi va filmlarda rol o‘ynay boshlaydi.

Kajol

Foto: Bollywoodtime

U Bollivudning eng iste’dodli va go‘zal aktrisalaridan biri sanaladi, ammo u ham maktabni tugatmagan, chunki u kino sanoatida 16 yoshida ishlay boshlagan. Kajol o‘qishni tugatishga ulgurmaydi, chunki u Avliyo Iosif monastir maktabida o‘qib yurganida uni “Chin muhabbat” (1992) filmiga taklif qilishadi. Kajol suratga olish ishlari tugaganidan so‘ng, sertifikat olishni niyat qilgan. Biroq turli rejissorlardan takliflar yog‘ilib ketgan, natijada ta’limni karyerasi uchun qurbon qilishga qaror qilgan. “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Sir”, “Visol manzili” va boshqa filmlar unga olamshumul mashhurlik keltiradi.

Shridevi

Foto: Bollywoodtime

Bu go‘zal aktrisa hind kinosining jozibali olamiga bolaligida kirib kelgan. Doimiy suratga olish tufayli u maktabni tark etishga majbur bo‘ladi, shundan keyin u biror marta ham o‘qishga qiziqmaydi. “Janob Hindiston” filmining yulduzi 5-sinfgacha o‘qigan, ammo ba’zi manbalarda u 10-sinfni zo‘rg‘a tugatganini da’vo qiladi.

Arjun Kapur

Foto: Bollywoodtime

Kino prodyuser Boni Kapurning o‘g‘li bo‘lgan Arjun bolaligidan Bollivud olamida yashaydi. U hech qachon o‘qishga qiziqmaganligini tan oladi, shuning uchun ham o‘rta maktab imtihonlaridan o‘ta olmaydi. Sertifikatga tupurib, rejissor yordamchisi bo‘lib ishlashga qaror qiladi, keyin esa aktyor bo‘ladi.

Ayshvariya Ray

Foto: Bollywoodtime

Go‘zallik malikasi Ayshvarya Ray o‘qishga unchalik qiziqmagan, baholari ham o‘rtacha edi. U kollejni tashlab, modellik karyerasini afzal ko‘rib, ta’limini to‘liqsiz qoldirishga majbur bo‘ladi.

Karishma Kapur

Foto: Bollywoodtime

Aktyorlar Randhir Kapur va Babitaning qizi mashhur Kapur sulolasiga mansub. Aytishlaricha, u 6-sinfgacha o‘qib, maktabni tashlab ketgan. Shundan so‘ng onasi uni buyuk aktrisa qilish uchun filmlar izlay boshlagan. Uning debyuti 1991-yilda Karishma atigi 16 yoshda suratga tushgan “Muhabbat asirlari” filmi bo‘lgan.

Katrina Kaif

Foto: Bollywoodtime

Go‘zal Katrina hech qachon maktabga bormagan, u uyda o‘qigan. Chunki onasi ijtimoiy xodim bo‘lgan, shu sababdan oila ko‘pincha turli shahar va mamlakatlarga ko‘chib yurgan. 14 yoshida Katrina reklama roliklarida ishtirok etish bo‘yicha o‘zining birinchi modellik taklifini oladi va bajonidil rozi bo‘ladi. Bir muncha vaqt model sifatida ishlaganidan so‘ng, u hind filmi “Bum”da aktrisa sifatida debyut qiladi. Shundan so‘ng u Bollivuddagi eng chiroyli va eng ko‘p maosh oluvchi aktrisaga aylanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »