Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Juliya Roberts ajoyib karyerasidan ancha oldin ko‘p yillik qiyinchiliklar va to‘siqlarni yengib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo u taslim bo‘lmadi — hozirda uning o‘nlab ajoyib rollari bor. 28-oktyabr kuni Juliya Roberts 55 yoshni qarshi olgani munosabati bilan sevimli aktrisamiz hayoti haqida kengroq ma’lumot beramiz.

Foto: AdMe
  • Juliya kichik shaharcha — Smirnada, sobiq aktyor va dramaturg oilasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi bolalar aktyorlik maktabini boshqargan. Bo‘lajak yulduz akasi Erik va singlisi Liza bilan birga o‘sgan.
  • Juliya 4 yoshga to‘lganida onasi ajrashish uchun ariza beradi va tez orada boshqa odamga turmushga chiqadi. Shu tariqa Robertsning o‘gay singlisi dunyoga keladi. Bu nikoh Juliyaning onasiga baxt keltirmaydi: yangi turmush o‘rtog‘i oilani ta’minlay olmagani ustiga juda qattiqqo‘l odam edi. O‘gay otasi bilan munosabatlari yomonligi yetmaganday, o‘z otasi kasallikdan vafot etadi.
  • “Sohibjamol” yulduzi bolaligida sahnani orzu qilmagan, balki veterinar bo‘lishni xohlagan. Biroq keyinroq intervyuda u bu kasbni o‘rganish unga juda qiyin bo‘lib tuyulganini tan oladi.
    Foto: AdMe
  • Kempbell o‘rta maktabini tugatgandan so‘ng Juliya shtat universitetiga o‘qishga kiradi, lekin uni tugatmay, ota-onasining izidan borishga va aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. Ko‘p o‘tmay u Nyu-Yorkka ketadi va modellik agentligi bilan shartnoma imzolash bilan birga aktyorlik kurslariga yoziladi.
  • Aytish kerakki, uning akasi, aktyor Erik Roberts Juliyaning karyerasida muhim rol o‘ynagan. Aynan u Juliyaning Gollivudga qadam qo‘yishiga yordam bergan. Erik u paytda ko‘plab filmlarda rol o‘ynardi. Kino agentini singlisi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirgan ham akasi bo‘ladi.
  • Ko‘p o‘tmay, Robertsga bir nechta epizodlarga taklif tushadi va akasi bilan birgalikda kichik rol o‘ynaydi. Uning eng diqqatga sazovor ishi yulduzli karyerasining boshlanishi bo‘lgan “Mistik pitssa” filmidagi ofitsiant qiz roli edi. Film chiqqandan so‘ng, nufuzli tanqidchilardan biri Robertsni “shiddatli energiyaga ega sohibjamol” deb ataydi.
Foto: AdMe
  • Afsuski, keyinchalik Juliya va Erikning munosabatlari buziladi, akasining giyohvandligi tufayli ko‘p yillar gaplashishmaydi ham. Juliya bunday turmush tarzini xohlamaydi: akasining qiliqlariga ortiq chiday olmasdi.
  • Erik va uning sevgilisi o‘rtasidagi bolaga vasiylik qilish uchun kurash paytida Juliya akasining yonini olmagani munosabatlarini yanada yomonlashtiradi.
  • Aytgancha, bu bola hozirda muvaffaqiyatli aktrisa — Emma Roberts edi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qizning taqdirida xolasi katta rol o‘ynadi. Bir vaqtlar Juliya Gollivudga aktyor akasi tufayli kirib kelgandi, keyinchalik u akasining qiziga yulduz bo‘lishiga yordam beradi. Bolaligidanoq Emma ko‘p vaqtini xolasi bilan suratga olish maydonchalarida o‘tkazadi va bu tajriba qizchada aktrisa bo‘lish istagini uyg‘otadi.
    Foto: AdMe
  • Tomoshabinlar Juliyani “Sohibjamol” filmi chiqqandan keyin sevib qolishdi, ammo bundan oldin u xuddi shu nomdagi pyesaga asoslangan “Po‘lat magnoliyalar” filmida ham rol o‘ynagan. Rejissorlar bu rol uchun Laura Dern va Vaynona Rayderni mo‘ljallashgan, ammo kasting direktori Juliyani sinab ko‘rishlarini so‘ragan. Keyinchalik pyesa muallifi “xonaga kirganida uning tabassumi atrofdagi hamma narsani yoritib yuborganini” yaxshi eslaydi.
  • Film ekranlarga chiqqandan so‘ng Roberts “Oskar” va “Oltin globus” mukofotiga “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida nomzod bo‘ladi.
  • Keyingi muvaffaqiyat uning afsonaviy “Sohibjamol” filmidagi roli edi.
Foto: AdMe
  • Vivian roli tufayli Juliya “Oskar” va “Oltin globus”ga ikkinchi marta nomzod bo‘ladi. Kartina, shuningdek, romantik komediya uchun sotilgan chiptalar soni bo‘yicha rekord qo‘yadi, Robertsning filmda kiygan qizil libosi esa kinodagi eng mashhur liboslardan biriga aylanadi.
  • Buning ortidan kinoda unchalik mashhur bo‘lmagan bir qator rollari paydo bo‘ladi, buning ortidan aktrisa 2 yil tanaffus olishiga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, bu tanaffus aktrisaning karyerasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi: uning keyingi filmlarining ba’zilari tomoshabin va tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi, “Meri Rayli” filmi esa butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
  • Vaziyatni Robertsning “Do‘stimning to‘yi” filmi va “O‘gay ona” dramasidagi rollari ushlab turdi. Biroq tomoshabinlar hali ham Juliya va Richard Gir duetini ko‘rishni orzu qilgan “Sohibjamol”ni yaxshi ko‘rardi. Ko‘p o‘tmay muxlislar istaganidek, ular juftlik rolini o‘ynagan “Qochoq kelin” filmi namoyish etiladi.
  • Shaxsiy hayotiga kelsak, Robertsning ishqiy romanlari haqida ko‘p mish-mishlar tarqalgan. Masalan, u aktyorlar Jeyson Patrik, Liam Nison, Dilan MakDermott, Metyu Perri va Kifer Sazerlend bilan munosabatda bo‘lgan. U hatto Kifer Sazerlend bilan unashtirilgan, lekin yoshlar to‘ydan 3 kun oldin ajralishadi. Ko‘p o‘tmay Juliya kantri qo‘shiqchisi Layl Lovettaga turmushga chiqadi, ammo 2 yildan keyin ular ham ajralishadi.
    Foto: AdMe
  • Va nihoyat Roberts “Meksikalik” filmining suratga olish jarayonida tanishgan operator Daniel Moder bilan oilaviy baxtini topadi. To‘y ranchoda bo‘lib o‘tadi. Hozirda er-xotinning 3 nafar farzandi bor: 2 egizak – o‘g‘il va qiz, yana bir o‘g‘il.
  • Robertsning yangi yorqin g‘alabasi Stiven Soderberg filmidagi Erin Brokovich roli bo‘ldi. Yolg‘iz ona va inson huquqlari himoyachisi obrazi aktrisa uchun ajoyib muvaffaqiyat bo‘ldi va nihoyat unga orzu qilingan “Oskar”ni olib keldi.
  • Aytgancha, Juliya suratga olish uchun 20 million dollar olgan birinchi aktrisa hisoblanadi. Keyingi ishi — “Mona Liza tabassumi” filmida aktrisa bundan ham kattaroq — 25 million dollar gonorar oladi. Bir muncha vaqt u Gollivuddagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisaga aylanadi.
    Foto: AdMe
  • Juliya Roberts Jorj Kluni bilan ko‘p yillardan beri do‘st. Ular “Oushenning 11 do‘sti” filmini suratga olish paytida do‘stlashishadi. Gap shundaki, o‘sha paytda aktrisa egizaklariga homilador bo‘lgan va Kluni unga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu juda ta’sirli edi.
  • Egizaklar — qizi va o‘g‘li tug‘ilishi Juliya va uning akasi Erik o‘rtasidagi muzni eritib yuboradi. Akasi tog‘a bo‘lganini bilgach, darrov tug‘uruqxonadagi singlisining oldiga yuguradi. O‘shandan keyin ularning munosabatlari iliqlashadi, hozirda ham ular ko‘pincha oilaviy ta’tillarni birgalikda o‘tkazishadi.
  • Klunidan tashqari, Juliya Opra Uinfri bilan ham yaqin do‘st. Roberts xuddi shu nomdagi asar asosida suratga olingan “Hayotdan zavqlan” filmidagi roli uchun undan minnatdor. Gap shundaki, bu Opraning eng sevimli kitobi bo‘lgan va u Juliyaga asar asosida film suratga olish g‘oyasini bergan.
    Foto: AdMe
  • Qizig‘i shundaki, ushbu film suratga olinayotganda Juliya 4 kiloga semiradi — barchasi Rim oshxonasining mazali taomlari tufayli edi. Roberts, shuningdek, film ijodkorlaridan oilasini ham Baliga ko‘chirib kelish shartini qo‘yadi.
  • Aktrisa hayotidagi eng qiyin davrlardan biri 2014 va 2015-yillar bo‘ladi: bu vaqtda u 2 ta katta yo‘qotishni boshdan kechiradi. Avvaliga uning o‘gay singlisi olamdan o‘tadi, ko‘p o‘tmay uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng onasi ham vafot etadi.
    Foto: AdMe
  • Aktrisaga bunday og‘ir stressni yengishiga ishi yordam beradi. So‘nggi paytlarda aktrisa jiddiy filmlarda suratga tushishni afzal ko‘rib, oilaviy muammolarni boshdan kechirayotgan murakkab qahramonlarni tanlamoqda. “Mo‘jiza” va “Benni qaytarish” filmlari shular jumlasidan.
  • 2022-yilning kuzida esa aktrisaning muxlislariga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi: ular Juliya va Jorj Kluni duetini yana ekranlarda ko‘rishdi. Do‘stlar birgalikda “Jannatga chipta” filmida suratga tushishdi.
    Foto: AdMe
  • Filmlardagi faoliyatidan tashqari, Juliya ko‘p yillar davomida yaxshi niyat elchisi bo‘lgan. 1995-yilda u muhtoj bolalarga yordam berish dasturini ishlab chiqishda yordam berish uchun Gaitiga boradi. Bundan tashqari, o‘z faoliyati davomida Juliya ko‘plab ekologik tashabbuslarni, xususan, “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, u ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Change Bell kampaniyasida ishtirok etgan.
  • Bu yil yulduz 55 yoshga to‘ldi, katta farzandlari tez orada kollejga boradi, aktrisaning o‘zi esa ijodiy rejalarga to‘la. Va u hali ham ajoyib ko‘rinishda. Qanday qilib bunday formada bo‘lishi haqidagi barcha savollarga Juliya shunchaki omadli ekanligini aytadi: “Bu 97 foiz genetika. Go‘zallik sirlari yoki shunga o‘xshash narsalarga ishonmang, hamma gap — yaxshi genetikada”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »