Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir yosh aktyor tezroq bosh rolni o‘ynashni orzu qiladi. Biroq tajribali aktyorlar bilishadi: hatto ikkinchi darajali qahramonni ham shunday o‘ynash mumkinki, u tomoshabinlar mehrini qozonadi.

“Sohodagi so‘nggi kecha”: Anya Teylor-Joy — Tomasin Makkenzi

 
Anya Teylor-Joy va Tomasin Makkenzi
 
Foto: AdMe

Filmning Elli ismli bosh qahramoni modelyer bo‘lishni orzu qiladi va London moda kollejiga o‘qishga kiradi. Yotoqxonadagi muammolar tufayli qiz ko‘chishga majbur bo‘ladi. U eski kvartira xonasini ijaraga oladi, unda har kecha g‘ayrioddiy tushlar ko‘radi. Ularda u 1960-yillarga qaytib, go‘zal Sendining sarguzashtlarini tomosha qilayotgandek tuyuladi.

Elli rolini aktrisa Tomasin Makkenzi, Sendini esa Anya Teylor-Joy ijro etgan. Ikkala aktrisa ham rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan, ammo shuni ta‘kidlash kerakki, Sendi obrazi ayniqsa ajoyib chiqadi. Anya Teylor-Joy ajoyib ijrosi uchun Nyu-Meksikoda eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun mukofot oladi.

“Qattiqqo‘l xonim”: Emili Blant — Enn Xeteuey

 
Emili Blant va Enn Xeteuey
Foto: AdMe

Enn Xeteuey moda jurnali bosh muharriri yordamchisi sifatida ishlaydi. Ammo u bilan bo‘lgan har bir sahnada Emili Blant tomshabinlar diqqatini o‘ziga qaratadi. Emili eng ko‘p tilga olingan qahramonga aylanadi, u ishtirokida GIF va memlar yaratiladi. Uning jumlalari mashhur iboralarga aylanadi. Og‘ir kunni yengib o‘tish uchun kim o‘ziga “men ishimni yaxshi ko‘raman, ishimni yaxshi ko‘raman, ishimni yaxshi ko‘raman” deb aytmagan axir?

 “Vampir bilan intervyu”: Kristen Danst — Tom Kruz va Bred Pitt

 
Kristen Danst, Tom Kruz va Bred Pitt
Foto: AdMe

Faoliyatining boshida juda yosh Kirsten Danst o‘sha paytda allaqachon super yulduz bo‘lgan Tom Kruz va Bred Pitt bilan bir filmda o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lgan. U nafaqat hamkasblariga tenglash oladi, balki ajoyib iste‘dodni ham namoyish etadi.

Danst “Oltin globus” mukofotiga “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasida nomzod bo‘lgan. Kruiz va Pitt esa hech qanday nufuzli mukofot ololmaydi.

“Uzuklar hukmdori”: Shon Astin — Elayja Vud

 
Shon Astin va Elayja Vud
Foto: AdMe

Film trilogiyasining bosh qahramonlaridan biri Frodo bo‘lib, unga hukmronlik uzugini yo‘q qilish ishonib topshirilgan. Sem har doim u bilan birga. Ammo uning yordamisiz Beggins hech narsa qilolmasdi.

“Oppog‘oy: gnomlar qasosi”: Juliya Roberts — Lili Kollinz

 
Juliya Roberts va Lili Kollinz
Foto: AdMe

Aktrisa Lili Kollinz uchun Oppog‘oy roli karyerasidagi birinchi roli edi. Qiz bor mahoratini ishga soladi va ijrosi uchun Teen Choice Award nominatsiyasini oladi. Biroq ko‘plab tomoshabinlar xiyonatkor o‘gay onani tasvirlagan Juliya Roberts filmdagi barcha aktyorlarni ortda qoldirganini ta‘kidlaydi.

“Garri Potter”: Emma Uotson — Daniel Redkliff

 
Emma Uotson va Daniel Redkliff
Foto: AdMe

Kitob va filmlaridagi barcha shon-sharaf chandiqli bolaga — Garri Potterga tegishli. U juda ko‘p ijobiy fazilatlarga ega va haqiqatan ham ko‘p narsaga erishadi. Ammo Germiona mashhur trioda bo‘lmaganida, u hech narsaga erisholmasdi. U asosiy qahramon edi, u hamma narsani boshqalarga qaraganda ko‘proq bilgan. Muxlislarning ta‘kidlashicha, u bosh qahramonga aylanishi kerak edi.

“Omadsiz askarlar”: Tom Kruz — Ben Stiller

 
Tom Kruz va Ben Stiller
Foto: AdMe

Les Grossman haqli ravishda kinodagi eng jirkanch qahramonlardan biri unvoniga ega bo‘lishi mumkin. Axir u studiya rahbari sifatida qo‘l ostidagilarni qo‘rqitadi va o‘rmonda adashib qolgan aktyorlarga rahm qilmaydi. Shunga qaramay, Les filmdagi eng taniqli qahramonga aylanadi.

“Uoll-strit bo‘risi”: Margo Robbi — Leonardo Di Kaprio

 
Margo Robbi va Leonardo Di Kaprio
Foto: AdMe

Margo Robbi Martin Skorseze filmida bosh rolni o‘ynagan holda orzu qilgan ishiga kirishdan oldin vatani Avstraliyada taniqli televideniye aktrisasi edi. U birja brokeri Jordan Belfortning (Leonardo Di Kaprio) yosh sevgilisi va keyinchalik rafiqasi rolini o‘ynaydi.

Boshqa ko‘plab filmlarda bunday xarakterga yengil obraz sifatida qaralgan bo‘lardi, ammo aktrisa kutilmagan burilish qila oldi. U boshqa narsalar qatori haqiqatni tashqaridan kuzatgan kishi sifatida millionerning rafiqasi rolini qoyilmaqom tarzda ijro etadi. Aynan shu fazilat sarkazm va go‘zallik bilan uyg‘unlashib, qahramonni esda qolarli aktrisaga aylantirdi. Har safar Margo ekranda paydo bo‘lganida, tomoshabin Di Kaprioga emas, unga qaraydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »