Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Biz siz uchun mashhur kartinalardagi bir nechta xatoliklarni yig‘ib chiqdik, keyingi safar ushbu xatolarga e’tibor bering.

“Benjamin Battonning sirli tarixi”

 
Foto: Filmdan kadr

Ushbu 2008-yilgi filmning bir sahnasida Bred Pitt qimmatbaho Ray Ban 3025 Aviator quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqadi. Sujetga ko‘ra, film voqealari 1945-yilda sodir bo‘ladi, ammo bu ko‘zoynak modeli 1952-yilda paydo bo‘lgan.

“Qo‘lingdan kelsa, tutib ol”

 
Foto: Filmdan kadr

Leonardo Di Kaprio o‘ynagan uchiga chiqqan firibgar haqidagi ushbu film voqealari 1960-yillarda bo‘lib o‘tgan. Bir kadrda Emi Adamsni tishlarining old qismiga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan briket o‘rnatilgan hamshira sifatida ko‘ramiz. Ammo 1960-yillarda ko‘plab briketlar tilladan yasalgan va tishlarga bunday tarzda qo‘yilmagan.

“Karib dengizi qaroqchilari”

Foto: Filmdan kadr

Film qahramonlari kiygan Britaniya qirollik dengiz floti formasi 1747-yildan boshlab kiyilgan. Ammo filmda o‘sha paytdagi Angliya qiroli Georg I, Georg I esa 1714–1727-yillarda hukmronlik qilgan.

“Kuz afsonalari”

Foto: Filmdan kadr

Filmda Bred Pitt 1900-yillarning boshlarida yashagan kovboy Tristan Ladlou rolini o‘ynaydi. Biroq uning soch turmagi 60-yillardagiga o‘xshaydi. Umuman olganda, u o‘rta asr fermeridan ko‘ra rok yulduziga o‘xshab qolgan.

“Birinchi qasoskor”

Foto: Filmdan kadr

Peggi rolini o‘ynagan Xeyli Etvell sochini 1940-yillar modasida yoyib olgan bo‘lsa-da, harbiy xizmatdagi ayollar sochlarini yig‘ib yurishlari shart bo‘lgan.

“Kelajakka qaytib”

 
Foto: Filmdan kadr

Marti Makflay vaqt bo‘ylab sayohat qila oladi, ammo bu narsalar ham xuddi shunday qilishini anglatmaydi. Marti 1955-yilda sahnada chaladigan gitara 1958-yildan keyingina chiqqan.

“Perl Harbor”

Foto: Filmdan kadr

Ikkinchi jahon urushi paytida ayollarni ko‘ylaklari ostidagi uzun paypoqsiz ko‘rish mumkin bo‘lmagan. O‘sha yillar uchun bu juda uyat narsa edi. Filmda esa qahramonlar oyoqlari ochiq holda yuradi.

“Andisha va g‘urur”

Foto: Filmdan kadr

Kadrlardan birida Kira Naytli qahramonini rezina etik kiygan holda ko‘rish mumkin. Ammo rezina etik asar voqealaridan yigirma yil o‘tgach ixtiro qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »