Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Muvaffaqiyat va olamshumul shon-shuhrat bu shaxslarni ko‘pchilikning kumirlariga aylantirdi. Ba’zilar ijodga qo‘shgan hissasi tufayli e’tibor qozongan bo‘lsa, boshqalari siyosiy sohada iz qoldirdi. Biroq ularni nafaqat mashhurlik, balki dahshatli kasallik — demensiya ham birlashtirib turadi.

Shonn Konneri

 
 
Foto: Getty Images

Ayg‘oqchi Jeyms Bond haqidagi yettita filmda bosh qahramonni ijro etgan “agent 007” Shon Konneri butun umri davomida 80 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan va 2010-yilda 80 yoshida faoliyatini yakunlagan.

U rafiqasi Mishel Rokbrun bilan birgalikda Bagama orollariga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi, u yerda kino yulduzining ahvoli og‘irlashadi. Aktyor tomoq saratoniga qarshi kurashadi, yuragini ham davolatadi, ammo keyinchalik unga Alsgeymer tashxisi qo‘yiladi – aktyor gapirish qobiliyatini yo‘qotib, sodir bo‘lgan voqealarni xronologik tartibda qayta eslay olmaydi.

“Turmush o‘rtog‘imning shaxsiy hayoti barbod bo‘ldi — u o‘zini normal tuta olmasdi, jismoniy faolligi ham sezilarli darajada kamaydi. Ammo erimning so‘nggi orzusi amalga oshganidan xursandman — u qiynalmay o‘lishni orzu qilgan. Shunday bo‘ldi ham: u uyqusida tinchgina vafot etdi. Men doim uning yonida edim. Hammasi u xohlagandek bo‘ldi”
 
 
Foto: Getty Images

2020-yil 31-oktyabrda Shon Bagama orollaridagi uyda vafot etadi, uning jasadi kuydirilib, kuli ikki yildan so‘ng Shotlandiyaga sochiladi.

Margaret Tetcher

Foto: Getty Images

“Temir xonim” yoki lavozimida eng uzoq — 11 yil (1979-yildan 1990-yilgacha) o‘tirgan Buyuk Britaniya bosh vaziri 2002-yilda bir nechta mikroinsultlarni boshdan kechiradi, bu uning hayotini sezilarli darajada buzadi.

Sog‘lig‘i sabab Tetcher karyerasidan ketadi, siyosiy masalalarda kamroq qatnasha boshlaydi, ammo “vaqtinchalik tanaffus” ham siyosatchini demensiyadan qutqara olmaydi — kasallik 2005-yilda o‘zini dahshatli tarzda namoyon qiladi.

Margaret nonushtaga nima yeganini, uy manzilini unuta boshlaydi, bir xil savollarni uch-to‘rt marta berib, marhum erini haliyam tirik, deb o‘ylay boshlaydi.

Foto: Getty Images

Siyosatchining qizi Kerol bu voqeadan hayratda qoladi — u onasini bu xastalikka hech qachon chalinmasa kerak deb o‘ylardi, chunki uning xotirasi kompyuterdan kuchli edi.

“Bu birdaniga chaqmoq urgandek gap edi. Onamning o‘z xotirasi bilan kurashayotganini ko‘rib, o‘rnimdan yiqilib tushishimga sal qoldi. Men ishonolmadim. Menga har doim u har qanday kasallikka qarshi immunitetga ega va mashaqqatli sinovlardan o‘ta oladigandek tuyulardi”.

Robin Uilyams

Foto: Getty Images

Amerikalik aktyor va komediyachi qisqa umri davomida yuzdan ortiq kartinalarda, jumladan, “Jumanji”, “Adams”, “Tungi tinglovchi”, “Bedorlik”, “Gudzondagi Moskva” kabi filmlarda suratga tushgan.

Uilyams Minnesota shtatidagi Hazelden reabilitatsiya markazida giyohvandlik va alkogolizmdan davolangan, shuningdek, depressiya bilan kurashgan. Bu haqda aktyorning o‘zi xabar berib, kasalliklarining barcha turlarini sanab o‘tadi: bipolyar buzilish, manik va klinik depressiya. Buning ustiga unga Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Qarindoshlarining aytishicha, aktyor nafaqat ma’naviy, balki jismonan ham charchagan, keyinchalik uning xotirasi ham sustlashadi — unda demensiya belgilari paydo bo‘ladi. Bu esa Robinga ssenariylarni yodlashga imkon bermagan.

Foto: Getty Images

Uilyamsning bevasi G‘arb OAVlariga eri unga “miyasini qayta ishga tushirish” istagi haqida gapirganini aytadi. 2014-yilning yozida aktyor o‘zini kamar bilan osib, joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ladi.

Bryus Uillis

Foto: Getty Images

Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlaridan biri va “O‘tda yonmas” filmi yulduzi o‘tgan yilning bahorida nafaqaga chiqdi: shifokorlar unga afaziya (miya shikastlanishidan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nutq buzilishi) tashxisini qo‘yishdi.

Kasallik sabab Bryus ravon gapira olmay, ssenariy so‘zlarini eslolmaydi. 2023-yil boshida aktyorning rafiqasi Emma Xeming ijtimoiy tarmoqda erining kasalligi haqida post e’lon qiladi:

“2022-yil bahorida Bryusga afaziya tashxisi qo‘yilganini e’lon qilganimizdan beri kasallik yanada avj oldi. Hozirda tashxis aniqlashtirildi: frontotemporal demensiya (FTD sifatida ma’lum). Afsuski, muloqot qilolmaslik Bryus kurashayotgan kasallikning birgina alomati xolos”.
Foto: Getty Images

11-oktabr kuni Uillisning yaqin do‘sti Glenn Gordon Keron The Sun nashriga bergan intervyusida aktyorning ahvoli bilan o‘rtoqlashar ekan, Bryus endi sevimli kitoblarini o‘qish imkoniyatiga ega emasligini aytadi:

“Suhbatning dastlabki uch daqiqasida u meni taniydi, degan hislar bor edi. Ammo u meni tanimadi, buning ustiga to‘liq gapira olmasdi ham. U turli adabiyotlarni o‘qishni yaxshi ko‘rardi, lekin buni ko‘pchilik bilishini xohlamasdi. Endi u o‘qiy olmaydi. Hozir bunday ko‘nikmalarga ega emas, lekin u hali ham Bryus. U yoningizda ekanida bu Bryus ekanligini bilasiz va u oldingizda ekanidan xursand bo‘lasiz, lekin ... hayot quvonchi uni tark etgan”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »