Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun maktabni tashlab, to‘g‘ri kelgan ish bilan shug‘ullangan, keyin esa kelishgan “shahzoda” bilan uchrashib qolgani tufayli hayoti 180 daraja o‘zgargan qizlar haqidagi juda ko‘p ertaklarni eshitganmiz. Biroq bugungi kunda bunday voqealar faqatgina ertaklarda uchramay, balki real hayotning bir qismiga aylandi. Bu omadlilardan biri Dubaydagi kriptovalyuta treyderi, millioner Riki Andradening rafiqasi taniqli Linda Andradedir.

 
 
 
Foto: liolindaa

Tanishganlarida qiz 16 yoshda bo‘lib, yigit esa fastfud do‘konida ishlagan

Linda Riki bilan uchrashishidan oldingi hayotini eslashni yoqtirmaydi. Faqat bir marta qiz tasodifan ular tanishganlarida qiz 16 yoshda bo‘lgani, yigitning esa bir senti ham bo‘lmaganini aytadi. O‘sha yillarda dubaylik yigit fastfudda idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan va faqat xayolidagina “dunyoni zabt etish” rejasini tuzgan. Asli kaliforniyalik bo‘lgan qiz esa o‘sha paytda qanday ish bilan shug‘ullangani noma’lum, xuddi Dubayga qanday kelgani kabi. Shuning uchun Linda uni ayblamasliklarini so‘raydi, chunki u Riki bilan yigit zo‘rg‘a kun kechirayotganida tanishadi. Ular o‘rtasida shaxsiy manfaat emas, balki haqiqiy sevgi paydo bo‘ladi.

Foto: liolindaa

“Bir kunda 216,789 ming dollar sarflab yuborganman”

Linda unga tegishli pullarsiz eri hozir ega bo‘lgan boyligiga erisha olmasligi haqida bir so‘z ham demaydi, ammo uning ilhomisiz u hech narsaga erisha olmasligini qistirib o‘tadi. Shuning uchun bugungi kunda u sevgilisiga berilgan “avans” uchun juda yaxshi daromad oladi. Agar Andrandening ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qarasangiz, faqat bitta xulosaga kelishingiz mumkin: bu sohibjamol 24/7 hashamatda kun kechiradi, bu haqda o‘z obunachilariga aytishdan uyalmaydi.

Bir marta Linda “odatiy chorshanba kunida” 216 ming dollardan bir oz ko‘proq pul sarflaganini aytadi, ammo bu pullarni nimaga ishlatganini sir saqlaydi. Qiz qimmat restoranlarda ovqatlanishni yaxshi ko‘radi (bir restoranda deyarli 230 ming dollar ishlatgan). Bundan tashqari, u bir kunlik xaridi 300 ming dollardan oshadigan hashamatli butiklardan kiyim sotib olmasa bo‘lmaydi.

Foto: liolindaa

Xotinini erkalashni yaxshi ko‘radigan milliarder erning o‘zi ham chetda turmaydi. Shunday qilib, bir kuni u xotiniga 200 ming dollarlik tilla taqinchoqlar sovg‘a qiladi, keyin esa “o‘yin-kulgi uchun” deb yozilgan kartasiga kamtarona 52 ming dollar o‘tkazib beradi.

“Wells Fargo meni yaxshi ko‘radi”, deb hazil qiladi qiz, oddiy odamlar esa har kuni bu ayolning bir lahzalik injiqliklari uchun 157 ming dollar (1, 92 mlrd so‘m)dan ko‘proq pul sarflash qanday bo‘lishini tasavvur qilolmay hayratda.

Dubaylik uy bekasi erini otalik baxti bilan siylashi uchun maxsus olmos uzuk xohlaydi

“Kelajakda qizim ham o‘zimga o‘xshab uyda o‘tiradigan ayol bo‘lishini xohlayman. Erkakka suyanish mutlaqo normal holat”, — deydi Linda ona bo‘lishga tayyorligiga ishora qilgan holda, albatta, bu bejiz emas.

Uzoq kutilgan merosxo‘r o‘g‘il yoki qiz chaqaloqni dunyoga keltirish uchun Riki Andrade rafiqasiga u so‘ragan hamma narsani muhayyo qilishi kerak. Qiz allaqachon bir nechta talablarni tayyorlab qo‘ygan. Linda xohlagan birinchi narsa olmos uzuk, lekin oddiy emas, balki rangli. Majburiy shart — olmosning “bolaning jinsiga mos kelishi”: pushti yoki ko‘k bo‘lishi. O‘zining ikkinchi sovg‘asi sifatida bo‘lajak ona yangi uy va daromadini ushlab turishi va keyinchalik qimmat narxga sotishi uchun “investitsion kvartira” tanlagan.

Foto: liolindaa

Istaklar ro‘yxatidagi uchinchi narsa — qimmatbaho mashinalar va ularni haydashga ruxsat berish (hozircha Rikki xotiniga avtomobil boshqarishga ruxsat bermaydi, u shaxsiy haydovchi xizmatidan foydalanadi). Mustaqil bo‘lishga tayyorlanayotgan milliarderning rafiqasi Lamborghini va McLaren 720 ni xohlaydi — ikkinchisining narxi 300 ming dollardan oshadi. Bundan tashqari, unga bolasini olib yurishi uchun yangi Mercedes-Benz G-Class kerak bo‘lib, u obro‘li “onamobayl”ga aylanadi. Bularga qo‘shimcha sifatida Linda yaxta xohlaydi — yaxta uning nomi bilan atalishi shart.

Yoqimli bonus sifatida Linda eri unga homiladorligining har trimestrida Rolex soatini hadya qilishini xohlaydi, ammo bunga qo‘shimcha ravishda eri uni hozirgidek erkalashda davom etishi lozim: har kuni yangi atirgullar sovg‘a qilish, romantik kechalar uyushtirish va spa-salonlar uchun pul to‘lash. Qiz uchun spa-salon juda muhim, chunki bunday kelishgan va badavlat erkakning ko‘nglini olish oson ish emas. Shuning uchun u har doim tashqi ko‘rinishiga jiddiy ahamiyat beradi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu juda qiyin va qimmat jarayon. Biroq Linda bu muolajalarga qancha pul sarflashiga umuman ahamiyat bermaydi.

Foto: liolindaa

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »