Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Animatsion filmlar har doim ham faqat bolalar uchun ishlanmaydi. Ba’zi mualliflar kichik auditoriya uchun, boshqalari esa faqat kattalar uchun multfilm suratga oladi.

“Soniyasiga 5 santimetr”

Yapon animatsiyasi yulduzi Satosi Konning mazkur animatsiyasi imkonsiz sevgi haqida. Uning “Soniyasiga 5 santimetr” asari oddiy tokiolik yigit Takaki Tono hayotining uch davriga bag‘ishlangan. Boshlang‘ich maktabda Takaki Akari ismli qiz bilan do‘stlashadi, ammo ularning munosabatlari uzoqqa bormaydi, chunki Akarining ota-onasi shaharning boshqa hududiga ko‘chib o‘tishga qaror qilishadi. Takaki katta bo‘ladi, lekin yillar o‘tsa-da, birinchi sevgisini unuta olmaydi.

“Dengiz qo‘shig‘i”

Irlandiya kinosining mo‘jizasi. 20-asr, kichkina Sirsha akasi Ben va piyonista otasi Konor bilan uzoq orolda yashaydi. Sirsha 6 yoshda bo‘lsa-da, hali ham gapirmaydi, uni onasiga nima bo‘lgani qiziqtiradi xolos. Bir kuni kechasi qiz chordoqqa chiqadi, u yerda oq teri topib oladi va uni kiyadi. Ma’lum bo‘lishicha, Sirsha suv parisining qizi ekan.

“Aynbo. Amazoniya yuragi”

Aynbo — Amazoniya tubida yashovchi qabilaning yosh va tajribasiz ovchisi. Qiz buyuk rahbar bo‘lishni orzu qiladi, lekin qabila kelajagi xavf ostida. Qadimgi ruhlar hududni tark etgani uchun o‘rmon nobud bo‘lmoqda — Aynbo yuqori kuchlarning iltifotini qaytarish uchun vulqon tepasiga sayohatga chiqadi.

“Dengiz bolalari”

Barcha odamlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlari haqidagi mistik drama. Maktab o‘quvchisi Luka ismli qiz yozgi ta’tilda otasining ilmiy okeanariumda ishlaydi. U yerda u juda g‘alati aka-uka Umi va Soru bilan tanishadi: ularni dengiz sigirlari (dyugonlar) katta qilishgan, bolalar dengiz hayvonlari bilan muloqot qilish va ularning suv ostidagi harakatlarini his qilish qobiliyatiga ega.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »