Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qimmatbaho avtomobillar, dizaynerlik liboslari, ko‘chmas mulk va san’at asarlari — bu mashhur bolalar hali 18 yoshga to‘lmagan, ammo ular allaqachon hayotda hamma narsaning eng yaxshisini ko‘rib ulgurgan.

Blyu Ayvi, 11 yosh

 
 
Foto: Getty Images                                                                                                                      

Ota-onasi: Beyonse va Jey-Zi
Tug‘ilgan sanasi: 2012-yil 7-yanvar

Beyonse va Jey-Zining birinchi farzandi Blyu Ayvi Karter nafaqat mashhurlar oilasida, balki qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, nodir toshlar bilan bezatilgan dizaynerlik kursisi, 50 ming dollarlik aravacha va eng hashamatli brend liboslar orasida tug‘ilgan. Qizaloq oilaning chinakam erkatoyi bo‘lib ulg‘aydi. Juftlik hali ham uning har qanday injiqligini ko‘tarishga tayyor. Tug‘ilgan kun sharafiga o‘tkaziladigan ziyofatlar, hashamatli avtomobillarning mini-versiyalari — unda allaqachon pushti Cadillac va ko‘k Lamborghini bor, 75 000 dollarlik arab ayg‘iri, zargarlik buyumlari va onasining ko‘ylagini takrorlaydigan liboslarga qaraganda Blyu Ayvining ota-onasi xursand qilish va erkalatish o‘rtasidagi farqni aniq his qilmaydiganga o‘xshaydi.

Foto: Getty Images

2017-yilda Blyuning egizak singlisi va ukasi — Ser hamda Rumi dunyoga keldi. Aftidan, egizaklar ham allaqachon shohona hayotning barcha lazzatidan tatib ko‘rmoqda. Blyu esa, ehtimol, birinchi marta e’tiborning yetishmasligini his qilayotgandir. Ayni paytda Beyonsening so‘zlariga ko‘ra, u hatto qizini oilada o‘zini begona his qilmaslik uchun tug‘uruqxonaga olib kelmoqchi bo‘lgan va maxsus kun uchun qiziga Givenchy hamshira kostyumiga buyurtma bergan. Onaning bunday yo‘l tutishi qizning oilaviy raqobatga ko‘nikishiga qanchalik yordam bergani sirligicha qolmoqda.

Suri Kruz, 17 yosh

Foto: Getty Images

Ota-onasi: Keti Xolms va Tom Kruz
Tug‘ilgan sanasi: 2006-yil 18-aprel

Suri ham kelajakda Nyu-York “oltin” yoshlarining malikasi bo‘lishga tayyor. U yoshligidan buyon garderobdan o‘zi kiyim tanlaydi. Shuningdek, faqat ko‘ylak va yubkalar kiyishni afzal ko‘radi, baland poshnali tuflilarni yoqtiradi. Shuningdek, uning o‘zi shaxsiy o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatadi va bo‘sh vaqtida dugonalari bilan Manxetten markazidagi manikyur salonlariga tashrif buyuradi. Suri 7 yoshida hatto o‘zining kiyim-kechaklar tarmog‘ini ham yaratgan.

Foto: Getty Images

Suri onasi bilan yashaydi, otasi bilan deyarli gaplashmaydi, ammo Tom Kruz qiziga muntazam ravishda qimmatbaho sovg‘alar yuboradi. Tarbiya borasida unga mas’ul bo‘lgan Keti Xolms qizini vaqti-vaqti bilan basketbol o‘yinlariga yoki muzeylarga olib boradi. Ilgari Suri vaqtini hashamatli joylarda o‘tkazishni talab qilgan bo‘lsa, endi u o‘zini kamtarroq tutishga harakat qilmoqda.

Valentina Paloma Pino, 16 yosh

Foto: Getty Images

Ota-onasi: Salma Hayek va Fransua-Anri Pino
Tug‘ilgan sanasi: 2007-yil 21-sentyabr

Aktrisa Salma Xayek 41 yoshida qizini qiyinchiliklar bilan dunyoga keltirdi. Shifokorlar chaqaloqning Daun sindromi bilan tug‘ilishini gumon qilgan. Xayriyatki, homiladorlikda mumkin bo‘lgan muammolar bartaraf etildi va Xayek-Pino oilasi baxtli hayot kechirmoqda. Xo‘sh, ona dunyoga mashhur aktrisa, ota-bobolar Forbes ro‘yxatidan joy olgan bo‘lsa, qizga biror narsaga muhtoj bo‘lish haqida xayol surishning keragi ham yo‘q.

Foto: Getty Images

Shuning uchun Valentina yoshligidanoq zamonaviy garderob, mukammal manikyur va ijtimoiy tadbirlar nima ekanligini biladi. Milliarder Fransua-Anri Pino o‘z qizini yaxshi ko‘radi va unga Los-Anjelesda 12 million dollarlik mulk sotib olgan.

Barron Tramp, 17 yosh

Foto: Getty Images
Ota-onasi: Donald va Melaniya Tramp
Tug‘ilgan sanasi: 2006-yil 20-mart
 
AQSH sobiq prezidentining kenja o‘g‘li xuddi otasining nusxasi bo‘lib ulg‘aymoqda. Onasi Melaniya hatto intervyusida uni “mini-Donald” deb atagan. U nafaqat Trampning yoshligiga o‘xshab ketadi, balki vaqti-vaqti bilan kiyinish uslubidan ham nusxa ko‘chiradi, ya’ni uzun galstukli kostyumlarga ustunlik beradi. Uzoq vaqt davomida matbuot va internet foydalanuvchilari bolani omma oldidagi “g‘alati” xatti-harakati uchun masxara qildi, hatto prezidentning o‘g‘li kasal ekanligi aytilgan edi, buning uchun ular darhol ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaridan ayrildi.
Foto: Getty Images
Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Barron butun dunyo e’tiboriga odatlanmagan va Nyu-Yorkda yashaydigan bola kamtarona hayotni afzal ko‘radi. U yiliga 45 ming dollar turadigan xususiy maktabga boradi, Trump Tower’dagi o‘zining alohida qavatida qo‘riqchilar nazoratida o‘ynaydi hamda onasining kosmetika liniyasidagi qora ikrali yuz niqoblaridan foydalanadi.

Xarper Bekhem, 12 yosh

Foto: Getty Images

Ota-onasi: Viktoriya va Devid Bekxem
Tug‘ilgan sanasi: 2011-yil 10-iyul

Xarper Bekhemlar oilasining chinakam malikasi. Onasi Viktoriya qizni zamonaviy kiyimlar bilan erkalaydi va u birinchi qatorda o‘tirib, eng muhim shoularda ishtirok etadi. Devid esa deyarli har bir intervyusida qiziga barcha narsaning faqat yaxshisini berishini ta’kidlaydi.

Foto: Getty Images

Aftidan, Devid haqiqatan ham so‘zida turadigan odamga o‘xshaydi, chunki uning Xarperga bergan sovg‘alarining dabdabasi va qimmatligiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Misol uchun, sevimli qizining 2 yoshga to‘lgan kunida futbolchi unga bristollik mashhur rassom Damien Xerstning 600 ming funtlik rasmini sovg‘a qildi.

Foto: Getty Images

Shuningdek, sportchining qizi olti yoshga to‘lishi munosabati bilan tug‘ilgan kunini nafaqat shohona ziyofat qilib nishonlagan, balki Bukingem saroyida Xarper do‘stlari uchun tashkil etgan kechada Yelizaveta II ning nabirasi malika Yevgeniy mezbon sifatida ishtirok etgan.

Jorj 10 yosh, Sharlotta 8 yosh va Lui 5 yosh

Foto: Getty Images

Ota-onasi: Uilyam va Ketrin, Kembrij gersogi va gersoginyasi
Tug‘ilgan sanasi: 2013-yil 22-iyul, 2015-yil 2-may va 2018-yil 23-aprel

Zodagonlar endi avvalgi davrdagidek kamtar odamlar emas. Ular orasida 1,5 million dollarlik olmosli manikyur to‘plamlari va Karib dengizidagi orolga teng o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan bolalar ham bor. Misol uchun, Jorj tug‘ilishidan oldin ham boshdan-oyoq sovg‘aga ko‘milgan edi va taxtning bo‘lajak vorisi tug‘ilgandan keyingina sovg‘alar oqimi yanada ko‘paya boshladi.

Avtomobil, velosiped, skeytbord, teridan tikilgan plash, syorfing kiyimlari, Avstraliyaning Darvin shahri hukumatining shaxsiy timsohi va hatto Pippa xolasidan yangi tug‘ilgan shahzodaning qo‘l-oyoqlarining kumush quymalari kabilar. Keyt Middlton o‘z avlodlarini oddiy bolalar kabi tarbiyalashga harakat qiladi, bunday sovg‘alar shahzoda va malikalarga ularning yuksak mavqeyini eslatib turadi.

Foto: Getty Images

Aytgancha, Sharlotta sovg‘alar soni bo‘yicha akasidan qolishmaydi. Birinchi tug‘ilgan kunida kichkina malika 64 mamlakatdan sovg‘a oldi, ular orasida, masalan, 30 ming funt sterlingga teng olmos, yoqut va sapfir toshlar bilan bezatilgan oltin shaqildoq, shuningdek, o‘yinchoqlar va boshqa sovg‘alar bor edi.

Foto: Getty Images

Aytgancha, ular vaqti-vaqti bilan o‘zlarining xarakterini namoyish etib turishadi. Misol uchun, shahzoda Jorj Royal International Air Tattoo shousida injiqlik qilib, singlisi onasi bilan ketganini yoqtirmay, Gamburg aeroportida hammaning oldida yerga yotib olib yig‘lagan. Ammo ularning ukasi — shahzoda Lui, aksincha har doim muxlislarni tabassumi bilan o‘ziga jalb qiladi va hech qachon yig‘layotganini ko‘rmaysiz.

Maks Layron Bretman 15 va Sammer Reyn 9 yosh

Foto: Getty Images

Ota-onasi: Kristina Agilera va Jordan Bratman
Va: Kristina Agilera va Metyu Rutler
Tug‘ilgan sanasi: 2008-yil 12-yanvar va 2014-yil 16-avgust

Kristina Agilera ko‘plab yulduz onalar singari farzandlarini erkalash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi. Masalan, qo‘shiqchi va uning o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Jordan Bretman birinchi farzandi tug‘ilishidan oldin chaqaloq xonasiga 35 ming dollar sarflagan. U yerda chaqaloqni qayiq shaklidagi karavot, bahaybat yarim oy, odam o‘lchamidagi Paddington ayig‘i, o‘nlab o‘yingohlar va juda qimmat dizaynerlik mebellari kutib turardi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Kristinaning qiziga esa prodyuser Mettyu Ratler tomonidan xuddi shunday e’tibor qaratilmoqda. Ona chaqaloq uchun rang-barang ziyofatlar uyushtirdi, haqiqiy malika kabi kiyintirdi va hatto bir marta Amerika jurnallaridan birining muqovasida chiqishini ham ta’minladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »