Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirgacha millionlab ayollar sulton Sulaymon va uning tengi yo‘q rafiqasi Xurram sultonning afsonaviy sevgi hikoyasi haqidagi “Muhtasham yuz yil” serialini tomosh qilishadi. Biroq serial ijodkorlari tomonidan qanday tarixiy noaniqliklar sodir etilganligini hamma ham bilavermaydi.

Mehrimoh Sultonning baxtsiz nikohi

 
 
Foto: Filmdan kadr

“Muhtasham yuz yil” serialida Sulaymon sultonning suyukli qizi Mehrimoh baxtsiz ayol sifatida ko‘rsatilgan. Avvaliga Malikocho‘g‘li Balibey uni rad etadi, keyin onasi uni Sultonga yaqinlashtirish maqsadida Rustam poshoga uzatadi. Sevmagan odami bilan turmush qurgan Mehrimoh sulton butun umri davomida azob chekadi, epizodlarning birida u hatto mahalliy shifokorni sevib qoladi.

Aslida Mehrimoh va Rustam posho katta yosh farqiga (29 yosh) qaramay, bir-birlarini sevishgan va birgalikda xayriya ishlari bilan shug‘ullangan. 1561-yilda vazir Rustam posho uzoq davom etgan xastalik tufayli vafot etgach, sultonning qizi hech kimga ko‘ngil qo‘ymagan — o‘limiga qadar eriga sodiq qolgan.

Xurram va Sulaymonning 5 farzandi

Foto: Filmdan kadr

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sulaymon I va uning qonuniy rafiqasi Xurramning 6 nafar farzandi bo‘lgan. Biroq “Muhtasham yuz yil”da faqat 4 shahzoda va suyukli qizi Mehrimoh ko‘rsatilgan. Sultonning yana bir o‘g‘li bo‘lgan: Abdulla to‘ng‘ich farzand Mehmeddan keyin tug‘ilgan, ammo 8 oyligida kasal bo‘lib qolgan bola atigi 3 yil yashaydi. Chaqaloq 1526-yilda saroyda tarqalgan suv chechakdan vafot etadi.

Serial muxlislarining taxminlariga ko‘ra, ssenariy muallifi Abdulla haqidagi hikoyani sujetga kiritmaslikka qaror qilgan, chunki o‘sha paytda Xurram yolg‘iz o‘zi boshdan kechirishi kerak bo‘lgan fojialar yetarli edi. Bu voqea o‘rniga Xurram Sulaymonning jazosi sifatida bir necha yilga surgunga jo‘natiladi.

Luka va Xurram o‘rtasidagi munosabatlar

Foto: Filmdan kadr

Rejissorlar rejalashtirganidek, Xurram uchun yana bir xavf uning kutilmaganda qaytib kelgan sobiq sevgilisi, rassom Luka bo‘lishi kerak edi. Luka Sulaymon va Xurramning portretini chizgan sahna mutlaqo bema’ni ko‘rinadi. Sultonning sevimli ayoliga qarashga hech qachon ruxsat berilmagan, buning ustiga bu odam notanish  bo‘lsa.

Aslida esa Luka hatto mavjud bo‘lmagan. Nazariy jihatdan Xurramning sevgilisi bo‘lishi mumkin, ammo ularning eski munosabatlari tezda aniqlanib, yashirin uchrashuvlar haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi.

Ayollarning ochiq kiyinishi

Foto: Filmdan kadr

Ushbu serialning o‘ziga xos belgilaridan biri — Usmonli imperiyasidagi ayollarning liboslari. Tomoshabinlar Xurramning har bir obraziga qoyil qolishadi va o‘sha davrda xuddi shu libosni kiyib ko‘rishni orzu qilishadi, lekin aslida ular butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi.

Buyuk Sulaymon hukmronligi davridagi ayollar kiyimlari erkaklarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Keng o‘lchamdagi kaftan ayollar qomatini begona ko‘zlardan yashirgan. Xurramning o‘zi hech qachon uzun ko‘ylak va yuzini yopgan shoyi ro‘molsiz saroydan chiqmagan.

Xadiche sultonning sehr-jodusi

Foto: Filmdan kadr

Ibrohim posho qatl etilgandan so‘ng, Xadiche Xurramga qarshi ochiqchasiga urush ochadi — u vazirni sultonga Xurram yomon qilib ko‘rsatgan deb ishonadi. Beva ayol qo‘llagan iflos hiylalardan biri bu — sehr-jodudir. Aynan u rejissorlarning fikriga ko‘ra, qariganda teri saratonidan aziyat cheka boshlagan Xurramning tanasini asta-sekin zaharlashi kerak edi.

Tarixda esa Xurram o‘z vaqtida davolanmagan onkologik kasallikdan yoki zaharlanishdan vafot etgan. Uning tarjimayi holini o‘rgangan ba’zi tarixchilar hatto anginaning og‘ir shakli bo‘lgan versiyani ham ko‘rib chiqishadi. Har holda Xadiche sulton xurramning o‘limiga hech qanday tarzda, ayniqsa, jodu orqali zarar yetkazolmasdi. Xadichening o‘limidan so‘ng, Xurram uning qizini o‘z tarbiyasiga oladi — Xonim hatto Xurram qabri yoniga dafn qilinadi.

Xurram va Nurbonuning bir-birini yoqtirmasligi

Foto: Filmdan kadr

Muhtasham yuz yilda Xurram va uning kelini Nurbonu o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar uzoq davom etmaydi. Nurbonu Xurramning o‘g‘illari Selim va Boyazid o‘rtasidagi janjaldan manfaatdor ekanini anglagan zahoti o‘g‘lining kanizagini diqqat bilan kuzata boshlaydi. Nurbonu va Selim yaqinlasha boshlagach, kelinidan qanday qutulishni rejalashtiradi.

Tarixchilar bu ayollar o‘rtasidagi munosabatlarning butunlay boshqacha versiyasini ilgari suradilar. Sesiliya (bo‘lajak Nurbonu) 12 yoshida haramga kelib qolgan, shuning uchun uni Xurramning o‘zi tarbiyalagan. Xurram shahzodalardan birining yonida kuchli va qaysar qizni ko‘rgach, unga ta’lim olishda yordam berishga harakat qiladi. O‘z maktublarida Nurbonu hatto Sulton xonimni “Xurram ona” deb ataydi, bu ular o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘qligini tasdiqlaydi.

Mohidavron sultonning yolg‘iz farzandi

Foto: Filmdan kadr

Tomoshabinlar Mohidavronni sultonning bir nafar merosxo‘rini dunyoga keltirgan ayol sifatida qabul qilishga odatlangan va saroyda Xurram paydo bo‘lgandan so‘ng, Sulaymon darhol uni unutgan deb hisoblashadi. Aslida esa unday emas.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xurram sultonning sevimlisiga aylanganidan keyin ham Mohidavron Sulaymonning yoniga tashrif buyurib turgan. Uning birinchi bolasi shahzoda Ahmad go‘dakligidayoq vafot etadi, shuning uchun Mustafo Usmonlilar oilasi uchun uzoq kutilgan farzand edi.

Sulaymonning Mehrimohdan tashqari yana bir qizi bo‘lgani hali ham ochiq qolmoqda. Mehrimohdan oldin Mohidavron Roziya Sulton ismli qiz farzand ko‘radi, u qarigunga qadar uzoq yashaydi — noma’lum sabablarga ko‘ra “Beg‘am” laqabini oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »