Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyidagi aktrisalar chindan ham pul uchun shon-shuhratga intilmaganliklari haqida bahslashishlari mumkin, chunki ular karyera boshlashlaridan oldin ham yetarlicha badavlat bo‘lishgan.

Kristen Styuart

 
 
Foto: Getty Images

Kristen shunchaki aktrisa sifatida mashhur bo‘lishi kerak edi xolos — onasi rejissor yordamchisi, otasi esa prodyuser bo‘lgani sababli bu uning uchun majburiy vazifa bo‘lgan. Gollivud tepaliklaridagi 1,75 million dollarlik uy ham uning tanilishiga yaxshigina hissa qo‘shdi. Garchi Styuartning o‘zi bir intervyusida hayotdagi hamma narsaga juda oson erishgani va qandaydir qattiq silkinishni xohlashini aytgan bo‘lsa ham aktrisaning kelajagi allaqachon ta’minlangan edi.

Mayli Sayrus

Foto: Getty Images

Mayli ham beshikdanoq omadi kulganlardan. Bo‘lajak yulduzning otasi musiqachi Billi Rey qiziga yaxshi kasbiy ta’lim beradi, onasi esa kichik Sayrus o‘zini himoya qila olishiga ishonch hosil qilmaguncha uni suratga olish maydonchasiga qo‘ymaydi. Keyinchalik Mayli “Xanna Montana” filmida eng kam pulni u olganini, lekin gonorarini oshirishlarini talab qilmaganini, balki tajribali aktyorlardan mahorat o‘rganganini aytadi.

Teylor Svift

Foto: Getty Images

Kichkina Teylor, ehtimol, bolaligida moliyachi ota-onasidan moliyaviy savodxonlik saboqlarini olgandir. Ular qiziga mustaqillik va qat’iyatlilikni o‘rgatishgan. Buvisi — opera xonandasi Marjori Finlay esa musiqa savodxonligi asoslarini o‘rgatgan. U, shuningdek, nevarasiga gitara sovg‘a qiladi, bu esa Sviftning kelajagini belgilab beradi.

Jennifer Eniston

Foto: Getty Images

Jenniferning taqdiri qisman uning afsonaviy qahramoni Reychel Gringa o‘xshaydi, u o‘zligini topish uchun qulay hayotni tark etgan. Yulduz juda muvaffaqiyatli aktyor Jon Eniston va teatr aktrisasi Nensi Dou oilasida tug‘ilgan. Bolaligidan onasi qizida aktrisalikka mehr uyg‘otadi va u rol ijro etish istagini bildirishi bilanoq qizini kerakli kurslarga olib boradi.

Ammo ota-onasi ajrashgandan so‘ng Jen qayerdadir ishlashi kerak edi, natijada bir qator rad etishlardan keyingina aktrisa muvaffaqiyatga erishadi.

Gvinet Peltrou

 
Foto: Getty Images

Rejissor Bryus Peltrou va aktrisa Blayt Danner qizi tug‘ilgach, unga eng yaxshi san’at ta’limini berishni boshlashgan. Buning uchun mablag‘ va aloqalar yetarli edi, shu sababli Gvinetni Nyu-Yorkdagi nufuzli maktabga berishadi. Kichik Peltrou san’at tarixini o‘rganishni boshlaganidan so‘ng, tez orada aktrisa bo‘lishni xohlayotganini tushunib yetadi. Bu bejiz emas edi — sulola va genlar uning ajoyib karyerasiga yaxshigina hissa qo‘shadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »