Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yulduzlar hamroh izlashlari shart emas — ular qayerga borishlaridan qat’i nazar, yaqin atrofda doimo tansoqchisi bo‘ladi.

Megan Markl

 
 
Foto: Getty Images

Saroydagi hayotdan voz kechib, Gollivudga ko‘chib o‘tgan Sasseks gersoginyasi 2016-yilda Kim Kardashyanning sobiq qo‘riqchisini shaxsiy tansoqchi sifatida yolladi.

Insayderlar Markl bu qo‘riqchini xavfsizlik uchun emas, balki o‘z ta’sirini kuchaytirish va xayp uchun tanlaganini aytishmoqda. Shahzoda Garri Londonda otasining toj kiyish marosimidaligida, u Meganga tog‘da sayr qilishda hamrohlik qilgan. Bundan avval ular mast holda mashina haydaganlikda ayblab, Maykl Jeksonning sobiq qo‘riqchisi Alberto Alvaresni ishdan bo‘shatishgan edi.

Beyonse

Foto: Getty Images

Beyonse va Jey-Zi har doim bir nechta tansoqchilar bilan yurishadi, ammo Julius de Bur ularning eng uzoq vaqt xizmat qilgan qo‘riqchisi va eng kelishgani hamdir. U 2008-yildan beri bu oila bilan birga va o‘z vazifalariga juda jiddiy yondashadi.

“Jismoniy va psixologik jihatdan moslashish bu — siz ega bo‘lishingiz kerak bo‘lgan birinchi raqamli xususiyatdir”, — deydi u Variety nashriga.

Bella Hadid

Foto: Getty Images

Saymon Nyuton Gollivudning eng talabgir tansoqchilaridan biri. Sobiq askar Maykl Jekson, Kendall Jenner, Rita Ora, Naomi Kempbell va Keyt Mossni ham qo‘riqlagan. U mashhurlar olamidagi faoliyatini 2006-yilda boshlagan.

“Mashhurning xavfsizligini nazorat qilganingizda hech qachon bo‘sh vaqtingiz bo‘lmaydi. Sayohatga tayyorgarlik juda ko‘p vaqt olishi mumkin. Bundan tashqari, ish kuni uzoq, siz ulardan oldin uyg‘onasiz va ulardan keyin yotasiz. Kuniga 16 soat, haftada yetti kun ishlashga ham to‘g‘ri keladi”, — deydi Saymon.

Kayli Jenner

Foto: Getty Images

Tansoqchilar odatda o‘zlarining mashhur mijozlari soyasida qoladi, ammo 2018-yilda Kayli Jennerning qizi Stormining haqiqiy otasi ekanligi haqidagi mish-mishlar tarqalgach, Tim Chang kutilmaganda mashhur bo‘lib ketdi. Natijada Chang bu ma’lumotni rasman rad etishga majbur bo‘ldi.

“Kayli, Trevis va ularning qiziga bo‘lgan chuqur hurmatim sabab Kayli va uning oilasi bilan aloqalarim faqat ish yuzasidan bo‘lganini aytmoqchiman”, — deydi qo‘riqchi.

Bir vaqtlar Tim opa-singillar — Kayli, Kim va Kortni hamda ularning farzandlarini qo‘riqlagan. Chang Los-Anjeles politsiyasida ham ishlagan va uning ajoyib ko‘rinishi anchadan beri modellik agentlarini o‘ziga jalb qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »