Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aarav Bhatiya — hind kinosi afsonalari Rajesh Xanna va Dimpl Kapadiyaning to‘ng‘ich nabirasi, mashhur aktyor Akshay Kumar va uning aktrisa rafiqasi Tvinkl Xannaning o‘g‘li. Bu yigit chindan ham omadi kelganlardan. U yulduzli oilada tug‘ilgan, u birgina ishorasi bilan yirik loyihada qatnashishi va Bollivudda fantastik debyut qilishi mumkin edi.

 
 
Foto: Bollywoodtime

Biroq yigit filmlarda suratga tushishni yoqtirmaydi. U omma e’tiboriga tushishni xohlamaydi, odatda Akshay Kumarning o‘g‘li ekanligini yashiradi.

Foto: Bollywoodtime

Aarav 2002-yil 15-sentyabrda tug‘ilgan. Otasi o‘g‘li ham uning izidan borishini juda xohlardi, shuning uchun u bolani har qanday yo‘l bilan sahnaga tortishga harakat qiladi. 4 yoshida u Aaravni jang san‘ati bilan shug‘ullanishga beradi. 13 yoshida bola Kudo bo‘yicha 1-darajali qora kamar oladi.

Foto: Bollywoodtime

“Yillar davomida qilingan mehnat o‘z samarasini berdi! 9 yillik mashg‘ulotlardan so‘ng o‘g‘lim qora belbog‘li bo‘ldi!” — o‘shanda Akshay shunday deb yozgandi. Sport bilan bir qatorda, otasi o‘g‘lini yoshligidan ijtimoiy ish bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

Foto: Bollywoodtime

Intervyularining birida mag‘rur Kumar olti yoshli o‘g‘li bir marta undan elektr toki yetib bormagan qishloqqa quyosh panellar o‘rnatib berishini so‘raganini aytadi. Tez orada Aarav mamlakat ijtimoiy hayotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Yashil globus” mukofoti bilan taqdirlanadi.

Foto: Bollywoodtime

U “Milliard hayotni yoritish” kampaniyasi doirasida qishloqqa homiylik qilgan eng yosh odam sifatida mashhur bo‘ladi. O‘sha paytda bola 7 yoshda edi.

Foto: Bollywoodtime

Biroq Aarav ulg‘aygan sari ota-onasining ambitsiyalaridan uzoqlashadi. Bolaning onasi Tvinkl ham taniqli ota-onasi tomonidan xuddi shunday bosimga uchragan. Garchi bolalikdagi do‘sti Karan Johar oltin tog‘larni va’da qilgan bo‘lsa ham Aarav aktyor bo‘lishni istamasligini tushunib yetadi.

Foto: Bollywoodtime

Ma’lumki, Johar odatda yulduzlarning bolalariga boshqacha e’tibor bilan qaraydi va ularni Bollivudda alohida g‘ayrat bilan targ‘ib qiladi. Aarav har doim uning diqqat markazida bo‘lib kelgan, chunki Karan yoshligida Tvinklni juda yaxshi ko‘rardi, shu bois uning o‘g‘liga shu-biznesda maksimal darajada yordam berishga tayyor edi.

Foto: Bollywoodtime

Biroq Aarav o‘z qarashlarini o‘zgartirmaydi. U hech qachon kinoga qiziqmagan va film tomosha qilishni yoqtirmasdi. Buning o‘rniga u moda dizayniga qiziqadi va modeler sifatida o‘qimoqchi. Akshay Kumar merosxo‘ridan aktyor bo‘lishini talab qilmadi. “Men o‘g‘limning baxtli bo‘lishini xohlayman”, — deydi u.

Foto: Bollywoodtime

Londondagi dizayn maktabiga kirishdan oldin Aarav otasidan tanishlaridan foydalanmaslikni so‘raydi, aks holda u yerda o‘qimasligini aytadi. Vaqti-vaqti bilan uni boshqa yulduzlarning bolalari bilan birga ko‘rishadi, lekin Aarav o‘ziga e’tiborni jalb qilishni yoqtirmaydi.

Foto: Bollywoodtime

Ammo Akshayning 11 yoshli qizi Nitara ham ulg‘aymoqda, shuning uchun Kumar oilasi uchun hali umid bor.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »