Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vindzorlarning tejash odati anchadan beri ma’lum. Masalan, qirolicha Mariya mehmonga taklif qilinganida, xizmatkorlarga saroy vazalaridagi gullardan guldasta yig‘ishni, yangisiga buyurtma bermaslikni buyurgan. Bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, qirollik a’zolari hali ham har bir sentni tejaydi.

Elektr energiyani tejashadi

Qirolicha Yelizaveta II asosiy qoidaga amal qilgan: barcha keraksiz chiroqlar o‘chirilishi lozim. Manbalarga ko‘ra, yotishdan oldin qirolichaning shaxsan o‘zi qavatidagi xonalarni tekshirgan. Hatto saroyning har bir qavatida shunday yozuv bo‘lgan: “Barcha xodimlarning e’tiborini keraksiz chiroqlarni o‘chirish zarurligiga qaratish kerak. Xo‘jalik boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra”.

Aytgancha, Charlz III ham buni odat qilgan — shahzoda Garri bu haqda BBCning “Shahzoda, o‘g‘il va merosxo‘r: Charlz 70 yoshda” hujjatli filmida aytib o‘tgan.

 
Foto: Getty Images

Qolgan oziq-ovqatlar tashlanmaydi

Saroy oshpazi Kerolin Robb shunday deydi: “Agar qovurilgan qo‘zichoq pishirgan bo‘lsak, taom qolib ketsa, ertasi kuni undan Shepard pirogini tayyorlardik”. Ammo har doim ham ovqat ortib qolmaydi — qirol qancha odam bo‘lsa, shuncha tayyorlashni so‘raydi.

Butun uy isitilmaydi

Bukingem saroyida 775 ta xona bor va ularning aksariyatiga yillar davomida hech kim kirmaydi. Shu sababdan qirolicha “keraksiz” xonalar isitilmasligini, agar juda kerak bo‘lsa, elektr kamin o‘rnatishni buyurgan.

 
Foto: Getty Images

Sovg‘a o‘rami saqlab qo‘yiladi

Ma‘lumki, Vindzorlarning Rojdestvoda bir-birlariga oddiy, ammo qiziqarli sovg‘alar berishdek yoqimli an’anasi bor. Yelizaveta II hatto sovg‘alarni shaxsan o‘zi o‘ragan va qolgan bayram qog‘ozi va lentalarini keyingi yilgacha saqlab qo‘yishni buyurgan.

Tashlash emas, ta’mirlatish kerak

Qirol Charlz har doim bir nechta arzon narsalardan ko‘ra bitta sifatli narsa sotib olgan ma’qul deb hisoblaydi. Va sevimli narsasi eskirganida, uni ta’mirlashga beradi. Buni hamma biladi: uning kurtka, shim va tuflilari doimo yamoqli bo‘lgan. Ammo monarx bundan uyalmaydi: “Men narsalarni tashlab yuborishni ymon ko‘radiganlar xilidanman. Shuning uchun ularni ta’mirlatib, yana foydalanishni ma’qul ko‘raman”.

Foto: Getty Images

Ammo kiyimlar tashlab yubormaydigan faqatgina qirol emas. Misol uchun, 2008-yilda shahzoda Filipp o‘z tikuvchisidan sevimli shimlarini ellikinchi yillardan zamonaviyroq bichimga o‘zgartirishni so‘raydi. Qirolicha Yelizaveta va uning sevimli Barbour ko‘ylagi haqida afsonalar mavjud. Marhum monarx uni 50 yildan ko‘proq vaqt davomida kiyib yurgan. Hatto brend egasi unga yangisini sovg‘a qilganida ham ko‘ylagini almashtirishdan bosh tortgan.

Faqat xorijiy emas, mahalliy brendlar ham

Bu borada malika Keyt yetakchilik qiladi — u nafaqat hashamatli modani, balki oddiy brendlarni ham yaxshi ko‘radi. Ulardan biri Zara. Malikaning ko‘p yillar davomida kiygan ushbu brenddan ko‘plab ko‘ylagi va shimlari bor.

Foto: Getty Images

Kamtarona mehmonxonalar

2014-yilda malika Annaning yordamchilari unga Shotlandiyaning Oban shahridagi mehmonxonalardan birida lyuks xona bron qilishgan. Ammo Anna “kechki ovqat, yotoq va nonushta” formati uchun 225 funt (taxminan 3,5 mln so‘m) to‘lashini bilgach, darhol yordamchilariga arzonroq xonani ijaraga olishni buyuradi.

Aytgancha, 2022-yilda malika yana safarga chiqadi — bu safar Avstraliya bo‘ylab. Manbalarga ko‘ra, u yerda Anna juda arzon mehmonxonada qolgan, shuningdek, hech kimning yordamisiz o‘zi makiyaj qilgan va kiyingan.

Qimmat bo‘lmagan mebellar

Ko‘pchilik Keyt va Uilyamning uyiga borishni orzu qiladi, ammo juftlik hashamatli bo‘lmagan interyerni afzal ko‘rishadi. 2018-yilda ular Stokgolmga tashrif buyurishadi va IKEA ning dizayn bo‘limi rahbari Markus Eggmanga farzandlarining xonalarida ushbu brenddan ko‘plab mebellar borligini aytishadi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »