Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiya imperatorlik uyi 2500 yildan beri mavjud va shuning uchun qirollik oilasida juda ko‘p qadimiy odatlar va taqiqlar bor. Hozirgi kunda ham ularga qat’iy rioya qilish kerak.

Imperator oilasi a’zolariga ishlashga ruxsat berilmaydi

Imperator Naruxito va qirolicha Masako imperator saroyining balkonida, 4-may, 2019-yil
Foto: Getty Images

Ko‘pgina Yevropa monarxiyalaridan farqli o‘laroq, Yaponiya qirollik oilasi aʼzolarining ishlashiga ruxsat berilmaydi. Ular faqat xayriya tashkilotlarida norasmiy ishlashlari mumkin, ammo bu holatda ham imperatorning ruxsati talab qilinadi.

Ayollarga oddiy odamlar bilan turmush qurishga ruxsat berilmaydi

Yoshiki Kuroda va Sayako Kuroda (sobiq malika Nori) to‘y matbuot anjumanida, Tokio, 2005-yil 15-noyabr
Foto: Getty Images

Imperator oilasidan bo‘lgan ayollarga oddiy odamlarga turmushga chiqish taqiqlangan. Aks holda qiz o‘zining barcha unvonlari va qirollik imtiyozlaridan voz kechishi kerak bo‘ladi. Ammo sobiq malika Nori 2005-yilda uzoq yillik do‘sti, dizayner Yoshiki Kuroda bilan turmush qurish uchun o‘z maqomidan voz kechadi.

Ammo qirollik oilasidan bo‘lgan erkaklarga oddiy oila qizlariga uylanish taqiqlanmaydi. Shu sababli taqiq ikki tomonlama standartlar va Yaponiya monarxiyasidagi ayollar mavqeyi haqida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ladi.

Imperator uyi siyosatdan tashqari hisoblanadi

Imperator Naruxito va rafiqasi Masako Donald va Melaniya Tramp bilan uchrashuvda, Tokio, 28-may, 2019-yil
Foto: Getty Images

Bu qoida yapon qirollik oilasini britaniyaliklar bilan birlashtiradi: ikkalasining aʼzolari siyosiy jihatdan betaraf hisoblanib, saylovlarda ovoz bera olmaydilar yoki saylovda qatnasha olmaydilar. Biroq Buyuk Britaniyada qirol oilasi va parlament o‘rtasidagi so‘zsiz kelishuv bo‘lsa, Yaponiyada taqiqning mohiyati konstitutsiyada mustahkamlangan.

Yaponiya qirollik oilasining familiyasi yo‘q

Yaponiya qirollik oilasi imperator saroyida, 2010-yil 14-dekabr
Foto: Getty Images

Vindzor yoki Oranskiy-Nassau (Niderlandiya) uyidan farqli o‘laroq, Yaponiya imperator oilasida umumiy familiya yo‘q. Buning o‘rniga, qirollik oilasi faqat tanlangan nomlardan foydalanadi. Shunday qilib, hozirgi qirollik juftligi — imperator Naruhito va imperator rafiqasi Masako.

Ayollar monarx bo‘la olmaydi

Malika Kako va malika Mako Imperator saroyida, 22-oktabr, 2019-yil
Foto: Getty Images

Avvallari bunday bo‘lmagan — Yaponiya taxtini 8 ta imperator ayol boshqargan. So‘nggi qirolicha Go-Sakuramati 1771-yilda taxtdan voz kechadi. 1889-yilda esa mamlakatda Meidzi Konstitutsiyasi qabul qilinadi, unda ayollar taxt vorisligidan chetlashtiriladi.

XXI asr boshlarida qirollik oilasi erkak merosxo‘rlar yetishmovchiligiga duch kelgani sababli bu holatga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Bugungi kunda Yaponiyada ko‘pchilik bu qonunni qayta  ko‘rib chiqish kerak degan fikrda, ammo hozircha amaldorlar hech narsani o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.

Hech qanday sovg‘alarsiz

Malika Mako Boliviyadagi muxlislari bilan, 19-iyul, 2019-yil
Foto: Getty Images

Yaponiya qirollik oilasiga maxsus ruxsatsiz sovg‘a berish yoki olish qonun bilan taqiqlangan. Mamlakat konstitutsiyasida shunday deyilgan: “Imperator uyi tomonidan hech qanday mulk berilishi yoki olinishi mumkin emas, shuningdek Seyma (Yaponiya parlamenti) ruxsatisiz hech qanday sovg‘a qilinmaydi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »