Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rejissor va aktyor o‘rtasidagi munosabat bir-birini tushuna olishni talab qiladigan murakkab jarayon. Ammo ular orasida darhol umumiy til topadigan va bir-biridan charchamaydigan juftliklar bor.

Devid Fincher — Bred Pitt

Foto: Europa Plus

Fincher Bred Pitt bilan o‘zi rejissorlik qilgan 11 ta filmdan 3 tasida hamkorlik qilgan. Fincher birinchi marta Pittni 1995-yilda “Yetti” filmida ishlashga chaqiradi. Xuddi shu yili ular “Monti Payton” filmida ham hamkorlik qilishadi, umuman olganda, ularning dunyoqarashi o‘xshashligini tushunishadi. Shunday qilib, “Jang klubi” (1999) filmida Edvard Nortonga sherik topish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Bred Devidga juda ishongan, hatto sahnalarning birida Norton Pittning qulog‘iga chinakamiga urganida ham xafa bo‘lmagan. Chunki Fincher shunday qilishni talab qilgandi.

Foto: Europa Plus

Ijodkorlarning birgalikdagi so‘nggi filmi — “Benjamin Battonning sirli tarixi”(2008). Ular shuningdek, “Jahon urushi Z-2” ustida ham ishlashlari kerak edi, ammo loyiha bekor qilinadi.

Kristofer Nolan — Killian Merfi

Foto: Europa Plus

 

“Agar faoliyatim davomida Killianni har bir filmimda suratga olsam, baxtli bo‘lardim”, — deydi Nolan.

Foto: Europa Plus

Rejissor Merfi bilan deyarli 20 yil avval Betmen roli uchun kastingga kelganida ishlay boshlagan. Rol unga nasib etmaydi, ammo Killian “Muqaddima” (2010) va “Dyunkerk” (2017) filmlarida ishtirok etadi. Ular bir-birlarini anchadan beri bilishadi va bir-biriga o‘xshash bo‘lgan qarashlarini qadrlashadi. Ularning so‘nggi ishi “Oppengeymer” esa ikkala ijodkorning muvaffaqiyatini yana bir bor ta’kidladi.

Jonni Depp — Tim Byorton

Foto: Europa Plus

Depp Byorton o‘g‘lining cho‘qintirgan otasi bo‘lsa, Byorton Deppning kinodagi cho‘qintirgan otasi hisoblanadi. Rejissor bilan uchrashishdan oldin Jonni allaqachon mashhur edi, lekin 1990-yilda “Edvard qaychiqo‘l” filmi premyerasidan keyin olamshumul mashhurlikka erishadi. Shundan so‘ng “Ed Vud” (1994), “Uyqu bo‘shlig‘i” (1999), “Charli va shokolad fabrikasi” (2005), “Kelinning jasadi” multfilmi (2005) — bosh qahramoniga ovoz beradi, “Suini Todd” (2007), “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (2010), “Qora sharpalar” (2012), “Aliza ko‘zguorti mamlakatida” (2016) filmlarida hamkorlik qilishadi.

Foto: Europa Plus

Ember Xyord bilan yuz bergan janjaldan keyin Depp va Byorton o‘rtasidagi munosabatlar haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Avvaliga ular rejissor do‘stini qo‘llab-quvvatlagani va hatto unga “Addamslar oilasi” teleserialida rol olib qo‘ygani haqida yozishdi. Keyin esa aktyor Timning loyihalarida qatnashmoqchi emasligini ma’lum qilishdi. Ammo bu gaplar mish-mishligicha qolmoqda.

Pedro Almodovar — Penelopa Kruz

Foto: Europa Plus

Yoshligidan Kruz Almodovar bilan suratga tushishni orzu qilgan, ammo orzusi bunchalik tez amalga oshishini kutmagandi.

“Mening barcha yaqinlarim kumirim kimligini bilishardi. Nihoyat u qo‘ng‘iroq qilganida, men dushda edim. Menga Almodovar qo‘ng‘iroq qilayotganini aytishdi, lekin buni hazil deb o‘ylab, telefonga javob bermaganman”, — deb eslaydi aktrisa.
Foto: Europa Plus

Shunga qaramay, ular uchrashishadi va davrimizning eng mashhur kino duetlaridan birini yaratishadi. Aktrisa rejissorning 6 ta filmda suratga tushgan: “Tirik tana” (1997), “Hammasi onam haqida” (1999), “Qaytish” (2006), “Ajralgan quchoqlar” (2009), “Juda hayajondaman” (2013), “Og‘riq va sharaf” (2019).

Foto: Europa Plus
“Penelopa — zamonaviy kinodagi eng go‘zal ayollardan biri. Uni tomosha qilishning o‘zi katta zavq beradi”, — deydi Almodovar.

Greta Gervig — Timoti Shalame va Sirsha Ronan

Foto: Europa Plus

Bu yozning asosiy hiti muallifining ham sevimli aktyorlari bor. Gervig Shalame va Ronan bilan “Ledi Byord” (2017) va “Kichik ayollar” (2019) filmlarida birga ishlagan va ularni “Barbi” (2023) filmiga ham taklif qilgan. Ammo aktyorlar boshqa filmning suratga olish ishlari bilan band edi: Shalame Pol Kingning “Villi Vonka” filmida ishlayotgan bo‘lsa, Ronan “Yaylov” filmida nafaqat rol o‘ynagan, balki prodyuserlik ham qilayotgandi.

Foto: Europa Plus

Kventin Tarantino — Uma Turman

Foto: Europa Plus

Rejissor o‘zining sevimli aktrisasi bilan 3 ta film suratga olgan —“Jinoiy asar” (1994)dan keyin Tarantino “Billni o‘ldirish” (2003) filmida ham boshqa aktrisani xayoliga ham keltirmagan. Tarantino unga shunchalik sadoqatli ediki, Turmanning homiladorligi haqida bilgach, filmni suratga olishni bir yilga kechiktiradi. Bundan tashqari, “Billni o‘ldirish-2” (2004) filmini yaratishda rejissor aktrisaga ssenariyga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishga ham ruxsat beradi.

Foto: Europa Plus

Tarantino Turmanni Marlen Ditrix bilan, o‘zini esa unga patologik jihatdan oshiq bo‘lgan rejissor Jozef fon Sternberg bilan solishtirib, o‘z ilhom parisini topganini aytadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »