Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qadimiy ingliz va shotland oilasidan bo‘lgan oqsuyak aristokrat, volontyor, Buyuk Britaniya Kommunistik partiyasi a’zosi, zamonaviy san’at ishqibozi, ikki egizak farzandning onasi, noodatiy ko‘rinishga ega g‘ayrioddiy shaxs va nihoyat, xalqaro kinofestivallar hamda “Oskar” sovrindori. Bularning hammasi bir kishi — 62 yoshli britaniyalik aktrisa Ketrin Matilda (Tilda) Suinton haqida.

 
 
Foto: Getty Images

Jahon kinematografiyasiga kirib kelishi

Jonli obrazlar, yangi o‘zgarishlar, o‘zgaruvchan intonatsiyalar — iste’dodiga qaramay, aktrisa nafaqat bosh qahramonlarni, balki kichik epizodlarni ham o‘ynaydi. U hamma joyda esga olinadi. Shu bilan birga, roli ishonarli chiqishi uchun jonini berib ishlaydi.

Tashqi ko‘rinishi mutlaqo xotirjam, lekin ichida nafrat yoki muhabbat yonayotgan qahramon obrazini faqatgina Tilda Suinton yaratishi mumkin.

Foto: Getty Images

Kino va rollar

Bir nechta televizion filmlarda ishlagandan so‘ng, aktrisa avangard qarashlarga ega rejissor Jarmanning “Karavajo” filmida bosh rolni o‘ynagan holda katta kinoga qadam qo‘yadi.

Rejissor va aktrisaning boshqalardan farqli fikrlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Ular umumiy til topish oldi va Suinton rejissorning yana to‘qqizta filmida rol o‘ynadi.

Foto: Getty Images

“Men hech qachon rol ham, film ham tanlamaganman, men faqat hamkasblar izlaganman. Filmda suratga tushayotganingizda, yillar davom etadigan munosabatlarga kirishasiz”, — deydi aktrisa Esquire nashriga bergan intervyusida.

2000-yilda “Plyaj” sarguzasht trilleri chiqdi, unda Leonardo Di Kaprio aktrisaning partnyori bo‘ldi. Bu film Tildaga Gollivud uchun yo‘l ochdi. Sovrinlar va nufuzli kino mukofotlari bilan nishonlangan uzoq ijodkorlik marafoni boshlandi.

Foto: Getty Images

2008-yilda aktrisa “Maykl Kleyton” filmidagi ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘ldi, ammo haykal uning uchun deyarli hech narsani anglatmadi.

“Men Jorj Klunini har bir shartnomaga kiritishga harakat qilaman. Bu oson ish emas, lekin qo‘limdan kelganini qilaman. Ammo ular menga tasalli sifatida Bred Pittni berishadi”, deb hazillashadi aktrisa.

Foto: Getty Images

Muvaffaqiyatiga qaramay, Tilda o‘zini hali ham professional aktrisa deb hisoblamaydi. Shu bilan birga, u kino takliflarga darhol rozi bo‘lishga shoshilmaydi. Faoliyatining boshida Suinton har doim taklif qilingan filmda rol o‘ynash yoki o‘ynamaslikni o‘zi hal qilgan.

Aytgancha, u erkak qahramonlarni ham juda yaxshi ijro etgan. Bunda unga baland bo‘yi va tashqi ko‘rinishi yordam bergan.

Foto: Getty Images

U Gollivuddagi eng g‘ayrioddiy aktrisa hisoblanadi: tashqi ko‘rinishidan tortib hayotiy qarashlarigacha.

Qadimiy oiladan chiqqan aristokrat

Aktrisaning nasl-nasabi XI asrga borib taqaladi  — Suinton xonim.

Foto: Getty Images

Qiz o‘z taqdirini bilar edi: Kembrijni tugatib, gersogga bilan turmushga chiqish. Buni o‘zi xohlagani uchun emas. Bu shunchaki aristokratik jamiyatning mantig‘i va an’anasi bilan bog‘liq.

U chinakam inglizcha tarbiya oladi, uning mohiyati shundaki, besh yoshgacha bolaning ovozi chiqmasligi kerak, besh yoshdan keyin esa o‘zi ham ko‘rinmagani ma’qul.

Tildaning erta bolalik davri yopiq nufuzli maktabda o‘tadi. Hammasi odatdagidek edi.

Foto: Getty Images

“Ota-onamni qilgan hamma ishlari uchun kechira olaman, faqat meni xususiy maktabga berganlaridan tashqari. U yerda musiqa tinglashga ruxsat berishmasdi. Bu yoshlarga, ayniqsa, o‘smirlarga nisbatan haqiqiy zo‘ravonlik edi... Bu men haligacha hazil qila olmaydigan yagona narsa”.

Tabiiyki, yopiq maktab mustaqil va erkinlikni sevuvchi Tilda uchun qiyin davr bo‘ladi. Ammo u bu yerda chidamlilikni o‘rganadi. Qizig‘i shundaki, Suintonning sinfdoshi bo‘lajak malika Diana Spenser edi.

Foto: Getty Images

Maktabdan keyin — kollejda o‘qish, Afrikada o‘qituvchi sifatida ko‘ngilli bo‘lib ishlash. Va keyin Kembrij universiteti kollejida sahna bilan tanishish bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, teatrdan tashqari, kinoga ham qadam qo‘ydi. Shunday qilib, san’at olami unga elita jamiyatidan ko‘ra ko‘proq maftun etdi.

Shaxsiy hayot

Tilda shaxsiy hayotini reklama qilishni yoqtiradiganlardan emas. Shuning uchun u haqidagi ma’lumotlar juda kam. Aktrisa shotlandiyalik rassom Jon Birn bilan 1986-yilda tanishgan. Turmush o‘rtog‘i undan 20 yosh katta. Oradan 11 yil o‘tib, oilada egizaklar dunyoga keldi.

Foto: Getty Images

“Egizaklarim tug‘ilganda dunyoga yangidan kelgandek bo‘ldim. Dangasalikni yig‘ishtirdim. Bir necha yildan beri bir soniya ham bo‘sh vaqtim yo‘q”, — deydi mehribon ona.

Foto: Getty Images

Unchalik chiroyli bo‘lmagan go‘zal

U go‘zal deb atash mumkin bo‘lmagan noyob odamlardan biri, lekin negadir undan ko‘z uzolmaysiz. Agar aktrisaning kuchli iste’dodini noodatiy ko‘rinishiga va uning ulkan xarizmasiga qo‘shsangiz, shunchaki sehrli ulug‘vorlikni ko‘rasiz.

“Men doim xunuk ekanligimni bilardim. Bu katta afzallik. Barcha chiroyli tanishlarim ertami-kechmi go‘zalligini yo‘qotadi. Ular har doim sariq sochlari, ko‘k ko‘zlari, chiroyli lablari borligini eslaydi va shunga mos bo‘lishga harakat qiladi. Bu narsa meni juda ko‘p bosimdan qutqargan”.

Foto: Getty Images

Yoshligidanoq o‘zini go‘zal deb hisoblamasligini anglagan Tilda behuda umidlardan va jamoatchilik fikriga bog‘liqlikdan ichki erkinlikni his qiladi.

U o‘zini qanday ko‘rsatishni biladi — kuchli shaxsiyat, nafis, haykaldek sovuq yuz va deyarli makiyajsiz ko‘rinish.

Ehtimol, u soddaroq va biroz ahmoqroq bo‘lganida plastik jarroh yordami bilan mallasoch nozaninga aylanishi mumkin edi. U qo‘g‘irchoq fabrikasidagi konveyer mahsulotlaridek ko‘rinadigan sohibjamol, ammo sun’iy go‘zallar qatoriga qo‘shilardi. Ammo Tilda Suinton o‘shandayoq o‘zligini ko‘mgan bo‘lardi.

Foto: Getty Images

Hozirda aktrisa o‘z uyida o‘zining sevimli odami, itlari, sabzavot bog‘i va bir kunda yig‘ilib, ikki oylab qoladigan do‘stlari bilan baxtli. U yoshiga e’tibor bermaydi, qarib qolishdan qo‘rqmaydi ham. Va eng muhimi, u o‘tmishga yopishmasdan, hozirgi kun bilan yashaydi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »