Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ota-onasi unga qo‘g‘irchoq Barbi ismini berishadi, lekin qiz ulg‘aygach, Mannara taxallusini oladi. Priyanka Chopraning ammavachchasi qariyb 10 yil oldin Bollivudda debyut qilgan, biroq tomoshabinlar xotirasida qolmagan. Ammo qiz yaqinda boshlangan “Bigg Boss” realiti-shousining 17-mavsumi unga bo‘lgan qiziqishni yana bir bor jonlantirdi.

 
 
Foto: Bollywoodtime

Barbi Xanda 1991-yil 25-mayda Dehlida advokat Raman Ray Xanda va zargarlik buyumlari dizayneri Kamini Chopra oilasida tug‘ilgan. Kamini Priyanka Chopraga amma bo‘lib, Barbini Priyankaning aktrisa bo‘lgan yana bir ammavachchasiga aylantiradi. (Barbidan tashqari aktrisa Pariniti Chopra ham Priyanka Chopraning ammavachchasi hisoblanadi).

Foto: Bollywoodtime

Barbining Mitali ismli singlisi bor, lekin u filmlarda rol o‘ynashni xohlamaydi — u moda stilisti sifatida ishlaydi. Barbi o‘z vaqtida Priyankaning aloqalaridan foydalangan, Mumbayga ko‘chib o‘tgan va shu yerda modellik faoliyatini boshlagan. Priyanka Barbiga har jihatdan yordam beradi — uni kerakli odamlar bilan tanishtirish, shartnomalar tuzishda ham. Priyanka jiyani bilan bir nechta reklama roliklarida ishtirok etgan, hatto film prodyuserlaridan bir nechta takliflarni olishiga yordam bergan.

Foto: Bollywoodtime

Barbining birinchi filmi 2014-yilda chiqdi. Bu Indian Idol realiti-shousining 5-mavsumi g‘olibi, qo‘shiqchi Shri Rama Chandra bilan birgalikda telugu tilidagi “Yuqori aniqlik” romantik melodramasi edi. Film unchalik ham mashhur bo‘lolmadi, natijada Barbi o‘zini Bollivudda sinab ko‘rishga qaror qildi.

Foto: Bollywoodtime

2014-yil 28-noyabrda Xandaning debyut filmi “O‘jarlik” filmi ekranlarga chiqdi. Ismi yanada jarangliroq bo‘lishi uchun Barbi Mannara taxallusini oldi. Priyanka ham promo aksiyalarda qatnashib, loyihaning keng yoyilishiga yordam berdi.

Foto: Bollywoodtime

Ammo bu triller boshidanoq yaxshi chiqmadi. Dastlab prodyuserlar o‘rtasida janjal kelib chiqdi (rejissyor Vivek Agnixotri filmdan voz kechdi, boshqa rejissyor uni yakunladi), keyin aktrisa Shraddha Das Mannarani noprofessionallik va suratga olish maydonchasidagi xudbinlikda aybladi. Mazkur film tanqidchilardan ham yaxshi sharh ololmadi.

Foto: Bollywoodtime

Shuningdek, Mannara hakamlar hay’atining maxsus mukofoti bo‘lgan “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida sazovor bo‘lgan “Majnunlik” filmi ham kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Foto: Bollywoodtime

Barbining kinodagi 10 yillik faoliyati davomidagi filmografiyasida hatto 10 ta film mavjud emas, lekin qiz taslim bo‘lmadi va Bigg Boss realiti-shousining ishtirokchisi bo‘lish orqali o‘zini yana eslatishga qaror qildi. Umid qilamizki, Priyanka Chopra jiyanining televizion karyerasi uning kino karyerasiga qaraganda ancha muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »