Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shou-biznesda mashhur ota-onasining ortidan qadam qo‘ygan yulduzlarning yangi avlodi yetishib chiqmoqda. Mashhurlar farzandlarining muvaffaqiyatlarini ko‘rib, faqat xursand bo‘lishadi va ular bilan juda faxrlanadi.

Jeyden va Uillou Smit

Uill Smitning bolalari juda ambitsiyali. Jeyden va Uillou musiqa va kinoga bo‘lgan muhabbatlarini otalaridan meros qilib olgan. Bolaligidan ular reklama roliklarida faol ishtirok etgan, ammo keyinchalik qo‘shiq aytishga qiziqib qolishgan. Bir kuni bolalar kimdir tomonidan yozilgan qo‘shiqlarni yoqtirmasliklarini aytib, ularni o‘zlari yaratishlari mumkin deb o‘ylashadi.

 
 
Foto: Getty Images

Aka-singil nafaqat musiqiy repertuar, balki kichik rollari bilan ham maqtanishlari mumkin. 2006-yilda Uill Jeyden bilan birga “Baxtga ortidan” filmida ota-bola rolini o‘ynaydi. 2007-yilda esa qizi ham filmdagi debyutini qiladi — Uillou “Men afsonaman” filmida ishtirok etadi.

Foto: Getty Images

Aytgancha, 4 oy oldin Jeyden “I Don‘t Wanna Cry” trekini chiqardi. Uillouning repertuarida ham ko‘plab ajoyib kliplar bor.

Nort Uest

Kim Kardashyan va Kanye Uestning to‘ng‘ich qizini buyuk kelajak kutmoqda. 10 yoshli Nort Uest allaqachon o‘zini turli ijodiy yo‘nalishlarda sinab ko‘rgan. Uning kelajakdagi kasbiga aylanishi mumkin bo‘lgan sevimli mashg‘uloti rasm chizishdir.

Foto: Getty Images

Qiz nafaqat qog‘ozga, balki odamlarning yuzlariga ham chizadi. Nort makiyaj qilishni yaxshi ko‘radi, ayniqsa grimni. U tez-tez o‘z mahoratini yulduz onasida mashq qilib turadi. Bir marta u Kimni Grinch va Minionga o‘xshatib qo‘ygan. Yulduz o‘zining iqtidorli qizi bilan faxrlanadi va ba’zida ijodidan namunalarni ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etadi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Bu yil Nort filmda debyut qildi. To‘g‘ri, hali ekranda emas, balki dublyaj aktrisasi sifatida. Qiz “Posbon kuchukchalar” multfilmdagi bosh qahramonlardan biriga ovoz berdi.

Blyu Ayvi Karter

Blyu Ayvi Karter sahnaga chiqqanida, olomon uning ota-onasi — Beyonse va Jey-Zi chiqqanidek shovqin-suron ko‘taradi. Qiz endigina 11 yoshda, lekin unga shou-biznes go‘dakligidan tanish. Ota-onasi uni doim konsertlarga olib borishar va sahna ortidagi hayotini ko‘rsatishardi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Blue Ayvi o‘zining birinchi mukofotini 2019-yilda oladi. Bu “Qirol sher” saundtreki uchun Soul Train Awards mukofoti edi. Blyu ota-onasi bilan birga Brown Skin Girl qo‘shig‘ini yozishda ishtirok etadi, bu haqiqiy oilaviy yutuqqa aylanadi. Qiz shuningdek, onasining konsertlarida raqs sahnalarida chiqish qiladi.

Leni Klum

Xeydi Klumning go‘zal va omadli qizi Leni yoshligidan moda sanoati bilan tanish va hozirda eng talabgir modellardan biri hisoblanadi. Hozir u 19 yoshda. Ona va qizi birgalikda ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi, kampaniyalarda ishtirok etadi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

“Qizim mening oldimda o‘zini juda qulay his qilayotganidan xursandman, chunki hamma bola ham bunday qila olmaydi. Bizda shunday ajoyib munosabatlar borligi menga yoqadi”, — deydi Xaydi intervyularining birida.

Kaya Gerber

Sindi Kroufordning qizi filmlarda ham rol o‘ynaydi. Ammo Kaya Gerber o‘zini ko‘proq modellik karyerasiga bag‘ishlagan — u mashhur onasining izidan bordi. Ona va qiz mashhur jurnallar uchun kampaniyalar va fotosessiyalarda birga qatnashadi. Kaya hozir 22 yoshda.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Emma Entoni

O‘tgan iyun oyida Jennifer Lopez jamoatchilikka 14 yoshli qizi Emma Entonini tanishtirdi. Qiz onasining Los-Anjelesdagi konsertida ishtirok etdi. Ilgari ham Emma katta sahnaga chiqqan, ammo ko‘pchilik payqamagan ham. 2020-yilda u Super Bowl’da Jey Lo, Shakira va bolalar guruhi bilan birga chiqish qilgandi.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Musiqaga bo‘lgan muhabbati va qo‘shiqchi sifatida karyera qurish istagiga qaramay, Emma kamdan-kam sahnaga chiqadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »