Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Odatda aktrisalar haqida gap ketganda ularning eng yaxshi rollari yoki ijodiy muvaffaqiyatsizliklarini eslaymiz. Ayni paytda kino premyeralari va rasmiy tadbirlardan tashqari, ular noodatiy sevimli mashg‘ulotlari va hayotga rag‘batlantiruvchi qarashlari bo‘lgan juda yorqin shaxslarga aylanadi.

Emiliya Klark 4 tilda gapira oladi

 
 
Foto: AdMe

Ko‘plab tomoshabinlar Emiliya Klark “Taxtlar o‘yini” uchun dotrak tilini maxsus o‘zlashtirganini biladi. Aktrisaning muvaffaqiyatga erishgani ajablanarli emas, chunki u har qanday tilni o‘rgana oladigan haqiqiy poliglot.

Aktrisa nafaqat ingliz (Britaniya va Amerika) tilining turli lahjalarini mukammal biladi, balki yana ikki xorijiy til — fransuz va italyan tillarida ham gaplasha oladi.

Emma Uotson bir vaqtning o‘zida 10 ta kundalik yuritadi

Foto: AdMe

Intervyulardan birida aktrisa 10 ga yaqin shaxsiy jurnali borligini tan oladi:

“Men orzu va yoga kundaliklarini yuritaman, uchrashgan odamlarimni tasvirlayman, ular menga bergan maslahatlarini yozib olaman. Menda aktyorlar jurnali va kollajlar to‘plangan albomlar ham bor”.

Emma Uotsonning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zingizni anglashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Margo Robbi sirk maktabida o‘qigan

Foto: AdMe

Margo Robbi kadrda juda tabiiy va ravon harakat qilishi ajablanarli emas, chunki u jiddiy mashg‘ulotlardan o‘tgan. Bolaligida onasi bo‘lajak aktrisani sirk maktabiga olib borgan va qiz trapetsiyada akrobatik tryuklar qilgan. 8 yoshida u hatto sa’y-harakatlari uchun sertifikat ham oladi.

Ledi Gaga pianino chalishni o‘zi o‘rgangan

 
Foto: AdMe

Bo‘lajak qo‘shiqchi va aktrisa birinchi marta 4 yoshida pianinoga o‘tiradi. Bundan tashqari, u faqat eshitish qobiliyatiga tayanib, o‘zi chalishni o‘rganadi. Faqat 7 yoshida qiz nota yozuvlari va pianino chalish bo‘yicha saboq olishni boshlaydi.

Meril Strip Ayvi Ligasi darajasini olgan

Foto: AdMe

Meril Strip ta’lim masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondashadigan aktrisa. U Yel drama maktabining magistr darajasini, Dartmut kollejining gumanitar fanlar bo‘yicha faxriy doktor unvonini olgan.

Yeldagi o‘qishining kontraktini to‘lash uchun u ofitsiant va harf teruvchi bo‘lib ishlashi hamda yiliga o‘nlab spektakllarda qatnashishi kerak edi. O‘sha paytda aktrisa shunchalik ko‘p ishlaganki, natijada oshqozon yarasini orttirib olgan. U hatto aktrisalikni tashlab, huquqshunoslikka o‘tishni ham o‘ylab ko‘radi.

Keyt Uinslet fotoshopga qarshi

Foto: AdMe

Aktrisaning soxtalikka qarshi kurashi “Titanik” davrida boshlangan. 2003-yilda u GQ muqovasidagi fotosuratidan juda g‘azablanadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning suratdagi oyoqlari taxminan uchdan biriga qisqargan.

Shu sababli o‘zining so‘nggi filmlaridan birida (“Isttaunlik Meyr” roli) qornini fotoshop qilishni taqiqlagan. Shuningdek, u film posterini qayta ko‘rib chiqish uchun ikki marta jo‘natib, fotoshopni olib tashlashni va ko‘zi atrofidagi ajinlarni o‘z joyiga qaytarishni talab qilgan.

Kira Naytli disleksiya tufayli aktrisalik faoliyatini boshlagan

Foto: AdMe

6 yoshida bo‘lajak aktrisaga disleksiya tashxisi qo‘yiladi, unga maktab darsliklarini o‘zlashtirish oson bo‘lmagan. Muammoni payqagan ota-onasi aktrisalik kasbini orzu qilgan qizini rag‘batlantirishning yagona yo‘lini topadi.

Naytlining so‘zlariga ko‘ra, u ota-onasi bilan kelishuvga erishgan: agar u o‘qishni o‘rgansa, ota-onasi unga agent yollashadi. Yozgi ta’til paytida qiz “Aql va tuyg‘u” filmining ssenariysini oladi, natijada Kira uni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Ota-onasi ham o‘z va’dalarini bajarishadi va Kira aktrisalikka qadam qo‘yadi.

Amanda Seyfrid tonal kremdan foydalanmaydi

Foto: AdMe

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning terisi hech qachon hozirgidek tiniq bo‘lmagan. Ertalab u yuzini ko‘pik bilan yuvadi, chunki u pufakchalarni yaxshi ko‘radi, keyin quyoshdan himoya qiluvchi krem, agar kerak bo‘lsa, konsilerdan foydalanadi. “Yuzimdagi hech bir narsani yashirishni xohlamayman”, — deydi aktrisa.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »