Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘pchilik turk aktyori Taro Emir Tekin bilan “Qo‘rg‘on sirlari” serialining ikkinchi mavsumida tanishdi. Unda Taro Feritning amakivachchasi va Xolis og‘aning nabirasi Tarik rolini o‘ynagan yangi qahramonga aylandi.

 
 
Foto: Getty Images

Rejissorlar 26 yoshli aktyorning kinodagi karyerasi muvaffaqiyatli bo‘lishini bashorat qilmoqda, chunki u “Qo‘rg‘on sirlari” filmidagi bosh qahramonni o‘ynamasa-da, muxlislar armiyasiga ega bo‘lgani bejiz emas.

Biografiyasi

Taro Emir Tekin 1997-yil 15-iyunda Istanbulda tug‘ilgan. Uning onasi aktrisa Shevval Sam, otasi esa “Beshiktosh” jamoasida to‘p suradigan muvaffaqiyatli futbolchi Metin Tekin munosib merosxo‘r yetishtirib, unga eng muhim fazilatlardan biri — o‘zgalarga muhabbat, mehnatkashlik va bag‘rikenglikni meros qilib bergan.

Foto: Getty Images

Tekinning asl ismi Tarik, lekin u ismi aktyorlik karyerasi uchun unchalik mos emasligini his qiladi, shuning uchun Taroga o‘zgartiradi (ota-onasi uni erkalab shunday atashardi).

Maktabda o‘qiyotganida u dastlab otasi kabi futbolchi bo‘lishni xohlaydi, lekin keyinroq mashhur aktyor bo‘lishni istayotganini tushunadi. Chunki u maktab davridanoq rollar ijro etar, katta she’riy parchalarni yod olardi. Darhaqiqat, Taroning tanlovi ajablanarli emas, chunki uning onasi Shevval turk kinoyulduzi (u “Muhtasham yuz yil” filmida rol o‘ynagan, u hatto Mehrimoh Sultonning to‘yida kuylagan ham), buvisi Leman Sam esa taniqli qo‘shiqchi hisoblanadi.

“Onam ham, dadam ham menga nisbatan doim to‘g‘riso‘z edi. Onam fikrini aytishni va hatto meni tanqid qilishni xohlasa, u buni qilishdan qo‘rqmaydi. Menga uning rostgo‘yligi va samimiyligi yoqadi. Biz hamma narsa haqida gaplasha olamiz. Bir-birimiz haqimizda qayg‘uramiz, har doim maslahat bilan bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”.

Aktyorning gap-so‘zlaridan oilasini qadrlashi aniq. Bundan tashqari, u doimo ota-onasi sovg‘a qilgan uzuk va zanjirlarni taqib yuradi, chunki bu narsalar u uchun haqiqiy merosdir.

Tekinning ota-onasi u atigi 3 yoshida ajrashganiga qaramay, ikkalasi ham Taroning tarbiyasida faol ishtirok etgan. O‘smirlik davrida bo‘lajak aktyor Kembrij tasviriy va ijro san’ati maktabiga o‘qishga kiradi. U yerda rassomchilik tarixi, shuningdek, nafas va tovush kompozitsiyasi nazariyasini o‘rganadi. Kembrijda o‘qish unga oson bo‘lgani uchun uni a’lo baholar bilan tugatadi.

“15 yoshligimda odatdagi tartibim va imkoniyatlarimdan tashqari boshqa mamlakatdagi hayot menga chidamlilikni o‘rgatdi. O‘ylaymanki, bu o‘zimga bo‘lgan ishonchimni va duch kelgan vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini kuchaytirdi. 70 xil davlatdan kelgan odamlar tahsil olgan universitet... Turli madaniyatlar, turli hikoyalar... Bu xilma-xillik ko‘p jihatdan dunyoqarashimni kengaytirdi”.
Foto: Getty Images

Taro tahsilni davom ettirib, London san’at universitetiga o‘qishga kirishga qaror qiladi va katta raqobatga qaramay, nufuzli universitet talabasi bo‘ladi — 100 kishidan atigi 17 nafari fakultetga qabul qilinadi. Aytgancha, Taro Oksford drama maktabiga qabul qilingan birinchi turk talaba bo‘lgan.

“Aktyorlikni tugatdim, degan narsa yo‘q. Shuning uchun hali ko‘p narsalarni o‘rganishim va kashf qilishim kerak. O‘zimga nisbatan biroz rahm-shafqatli bo‘lishim kerakligini bilaman va o‘zimga juda katta talablar qo‘ymaslikka harakat qilaman, aks holda aqldan ozaman”, — deya tan oladi aktyor.
Foto: Getty Images

Filmlar va seriallari

“Sadoqatsiz”

Tekin tele va kino karyerasini vatani Turkiyada qurishga qaror qiladi. Shunday qilib, 23 yoshida u “Sadoqatsiz” dramatik serialida rol o‘ynaydi. Sujetda o‘zi orzu qilgan hamma narsaga — ideal ish, shinam uy va oilaga ega bo‘lgan Asya ismli baxtli ayol haqida hikoya qilinadi.

Qahramonning qarindoshlari va do‘stlari uchun uning hayoti Asya eri Volkanning ko‘ylagidan boshqa ayolning sochini topib olmaguncha ajoyib edi. Shundan so‘ng u yana bir qancha “tasodiflar”ga duch keladi.

Foto: Getty Images

“Sadoqatsiz” filmida Taro yomon odamdan mehribon va muvaffaqiyatli yigitga aylangan qahramon Selchuk rolini o‘ynaydi.

Aytgancha, ushbu serialda suratga tushgach, Taro harbiy xizmatga ketadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga eng qiyini 32 daraja issiqda harbiy kiyim kiyish edi. U hatto bir nechta yigitlar bilan do‘stlashadi, ular bilan hali ham ko‘rishib turadi.

Foto: Getty Images

“Usmonli imperiyasining yuksalishi”

Ushbu tarixiy drama Netflix striming platformasida “Sadoqatsiz” filmidan keyin chiqarilgan.

Sujet davlatning gullab-yashnashi uchun katta kuch sarflagan Sulton Mehmetga qaratilgan. U Konstantinopolni egallaydi, buning natijasida o‘z imperiyasini yanada kengaytiradi. Bu serialda ham Taro Emir Tekin ikkinchi darajali rolni o‘ynagan.

 
Foto: Getty Images

“Pari ertagi”

Ushbu dramatik serial o‘tgan yilning sentyabr oyida premyerasi bo‘lgan. Serialda yaxshiroq hayotni xohlaydigan qiz haqida hikoya qilinadi. Uning ismi Zeyneb. Bir kuni qiz katta miqdorda pul bo‘lgan sumka topib oladi, uni butunlay o‘zi uchun sarflaydi va o‘zidan boshqa odam — yuqori jamiyatdagi muvaffaqiyatli va boy xonimni yasab oladi.

Bu dramada bosh rollardan birini Taro ham ijro etadi. Uning qahramoni — singlisi Neslixon bilan oilaviy biznesni boshqaradigan muvaffaqiyatli odam Onur Keksal. Mamlakatdagi barcha qizlar Onurga maftun, ammo u Zeyneb bilan tanishib, uni sevib qoladi.

Foto: Getty Images

Shaxsiy hayoti

Taro iste’dodli va kelishgan aktyor bo‘lishiga qaramay, paparatssilar uni qizlar hamrohligida kamdan kam ko‘rishadi. Shuning uchun uning faqat ikkita sevgi tarixi ma’lum.

Yulduzning birinchi jiddiy sevgisi uning bolalikdagi do‘sti Leyla Tanlar edi. Aktyor u bilan 2016-yildan 2018-yilgacha uchrashgan, ammo keyin noma’lum sabablarga ko‘ra munosabatlarni tugatishga qaror qilgan. Mojaroning asosi rossiyalik model Sofiya Kats ismli qiz bo‘lgan degan taxminlar bor. Taro Leyla bilan ajrashganidan bir necha oy o‘tgach, Sofiya bilan munosabatlarni boshlaydi. To‘rt yillik munosabatlardan so‘ng, sevishganlar ajraladi va Tekin intervyusida Katsni hali ham unuta olmasligini, u bilan ajrashishga qiynalayotganini aytadi. Taro, shuningdek, bu munosabatlardan keyin endi qizlarga ishonmasligini ta’kidlaydi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »