Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan yili Bryus Uillis oilasi aktyorga afaziya tashxisi qo‘yilganini e’lon qildi. Va shu yilning fevral oyida shifokorlar unga yakuniy tashxis qo‘yishdi: frontotemporal demensiya. Ma’lum bo‘lishicha, bu kasallik juda tez rivojlanadi.

Bir necha kun oldin taniqli aktrisa Demi Mur yurakni ezuvchi lahzani boshidan kechirganini aytdi: Italiyadagi ta’tildan so‘ng u sobiq eri, 68 yoshli Bryus Uillisni ko‘rgani kelgan, biroq aktyor uni tanimagan.

Foto: Getty Images

60 yoshli aktrisaning aytishicha, bu holat shunchaki dahshatli bo‘lgan. Axir, ular 13 yil birga yashagan, shu vaqt ichida uchta qizining otasi bo‘lgan erkak uni tanimasligini tushunish qiyin.

Foto: Getty Images

Xabarlarga ko‘ra, Demi yozni Italiyada o‘tkazar ekan, bolalari va Bryusning rafiqasi Emma Xeming bilan aloqada bo‘lgan. Ammo u kasallik bu qadar rivojlanganini bilmas edi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Italiyada bo‘lganida, Bryusning xotirasi “o‘chgan”.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Demensiya dahshatli neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, hech kimni ayamaydi. Hozirda Bryus sobiq xotinini tanimasa ham, xayriyatki, hali ham xotini Emma va uning bolalarini taniydi.

Masalan, to‘ng‘ich qizi Rumer yangi tug‘ilgan chaqalog‘i bilan xonaga kirganda, aktyor chinakamiga quvongan.

Foto: Getty Images

2023-yil sentyabr oyining oxirida Emma teledasturlardan birida aktyor bilan sodir bo‘lgan bu fojia butun oila uchun ham qayg‘uli ekanligini aytadi. “Bunday holat tashxis qo‘yilgan odam uchun ham, oila uchun ham birdek og‘ir. Buni oilaviy kasallik desa to‘g‘riroq bo‘ladi”, — deydi Emma. Boshlovchining aktyor o‘zi qanday ahvolda ekanini biladimi, degan savoliga Emma: “Buni aytish qiyin”, deb javob beradi.

Foto: Getty Images

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, keksa odamlarda yolg‘izlik demensiya xavfini yanada oshiradi. Shuning uchun, ota-onangiz va bobo-buvilaringizning holidan xabar oling, ular bilan muloqot qilishni unutmang.

Umid qilamizki, aktyorning ahvoli bunchalik tez yomonlashmaydi, chunki uning atrofida uni chin dildan sevadigan juda ko‘p yaqin odamlar bor.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »