Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyati Payariq shahrida 4-son maktabgacha taʼlim tashkiloti tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, ko‘mir bilan isitilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar yuzasidan maʼlumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, Payariq tumanida 50 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularga joriy yilda jami 1290 tonna ko‘mir mahsulotlari yetkazilib berilgan. Tumandagi 23 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari prezidentning 16- fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-sonli qaroriga ko‘ra, tabiiy gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilgan, ular orasida 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ham bor. 

10-noyabr kunidan boshlab viloyatdagi barcha DMTTlarida issiqlik tizimi ishga tushirilgan. Tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 dona issiqlik tizimi uchun qozon mavjud, qozonlar to‘liq ishga tushirilgan va ko‘mir mahsulotidan foydalanilmoqda. Ushbu tashkilotga kuz-qish mavsumi uchun jami 30,2 tonna  ko‘mir mahsuloti yetkazib berilgan.

“Tumandagi barcha maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berilgan ko‘mir mahsulotilar masʼul tashkilotlarning sifat sertifikatiga ega. Ko‘mir mahsulotlarini qabul qilib olgandan so‘ng, uni sifatli saqlash va javobgarlik tashkilot rahbari zimmasidadir”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »