Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlar 18-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Fransiya Gibraltarni qabul qildi va 14:0 hisobida g‘alaba qozondi. Fransuzlar tarkibida  Kilian Mbappe het-trik qayd etgan bo‘lsa, Kingsli Koman hamda Olivye Jirular ikki martadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Tyuram, Zair-Emeri, Fofana, Kloss, Dembeleva Rabyolar bittadan golga mualliflik qildi. Yana bir gol Santos hisobida avtogol sifatida yozildi. Ushbu g‘alaba Yevro musobaqasi saralashlaridagi eng yirigi hisoblanadi.

Niderlandiya Irlandiyani 1:0 hisobida taslim etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Vout Vegorst hisobida yozildi. 

Xorvatiya safarda Latviya mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Lovro Mayer hisobni ochdi. 16-daqiqada Andrey Karamarich xorvatlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Xorvatiya zafar quchdi.


Yevro—2024 saralashi

9-tur bahslari

18-noyabr, shanba

Fransiya – Gibraltar 14:0

Gollar: 1:0 – 3 Santos (avtogol), 2:0 – 4 Tyuram, 3:0 – 16 Zair-Emeri, 4:0 – 30 Mbappe (penalti), 5:0 – 34 Kloss, 6:0 – 36 Koman, 7:0 – 37 Fofana, 8:0 – 63 Rabyo, 9:0 – 65 Koman, 10:0 – 73 Dembele, 11:0 – 74 Mbappe, 12:0 – 82 Mbappe, 13:0 – 89 Jiru, 14:0 – 90 Jiru.

Fransiya: Menyan, Kloss, Upamekano (Saliba, 81), Todibo, Ernandes, Rabyo (Kamara, 67), Zair-Emeri (Fofana, 20), Koman (Dembele, 66), Grizmann, Tyuram (Jiru, 67), Mbappe.

Gibraltar: Kuling, Sarjent, Chipolina, Mueli, Santos, Chipolina (Olivero, 61), Uoker (Jolli, 62), De Xaro, Poso, De Barr (Kumbz, 81), Kassiaro.

Ogohlantirish: Kassiaro (31).

Chetlatish: Santos (18).

Niderlandiya – Irlandiya 1:0

Gol: 1:0 – 11 Vegorst.

Niderlandi: Verbryuggen, Dumfris, Blind, de Vrey, van Deyk, Hartman, Sxauten (de Ron, 90), Reynders (Kopmeyners, 90), Simons (Malen, 80), Gakpo (Verman, 69), Vegorst.

Irlandiya: Bazunu, Doerti (Jonston, 77), O‘shi (Perrott, 90), Skeylz, Kollinz, Menning, Braun, Kallen, Nayt (Molambi, 78), Robinson (Ida, 46), Fergyuson (Makgret, 55).

Ogohlantirish: Molambi (90).

Latviya – Xorvatiya 0:2

Gollar: 0:1 – 7 Mayer, 0:2 – 16 Kramarich.

Latviya: Ozols, Savalnieks, Balodis, Chernomordiy, Siganik, Ikaunieks, Savelev, Tobers, Yaunzems (Yurkovskis, 89), Dashkevichs (Zelenkov, 89), Uldrikis (Krollis, 83).

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Erlich, Shutalo, Gvardiol, Modrich (Baturina, 86), Brozovich, Ivanushes (Pashalich, 61), Mayer, Kramarich (Pashalich, 80), Budimir.

Ogohlantirishlar: Tobers (30), Savelev (65).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »