Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va bir qator garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb yozdi Jerusalem Post o‘z manbalariga tayanib.

“Hozirda bu borada hech qanday kelishuv yo‘q”, — dedi nashrga Isroilning yuqori martabali amaldori.

O‘z navbatida, HAMASning yuqori martabali a’zosi Izzat al-Rishek: “Ommaviy axborot vositalarining HAMAS manbalariga tayanib tarqatgan, bugundan boshlanadigan kelishuv bitimi haqidagi xabarlari haqiqatdan yiroq”, — dedi.

 
Foto: Google Images

Nashr suhbatlashgan falastinliklar ham hozircha o‘t ochishni to‘xtatish yoki mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuv mavjud emasligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq Iordaniyaning Al-Ghad gazetasi HAMASdagi manbaga tayanib, dushanba kuni soat 11:00da boshlanadigan besh kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edi.

Kelishuv doirasida, HAMAS tomonidan garovga olingan 50 kishi Isroil qamoqxonalaridagi 50 nafar falastinlik mahbus evaziga ozod qilinishi kutilayotgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »