Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada yetti oylik homilasi bor ayol vafot etgani, uning turmush o‘rtog‘i bunda shifokorlarni ayblagani xabar berilgandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, homilador ayolda to‘satdan o‘lim holati kuzatilgani undagi neyrofibromatoz xastaligi bilan bog‘liq bo‘lgan.

1997-yilda tug‘ilgan homilador ayol M.Q. Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruq muassasasiga shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi yo‘llanmasi bilan murojaat qilgan va 2023-yilning 14-noyabr kuni (videomurojaatda aytilganidek, 13-noyabr kuni emas) Homiladorlik-2, 31-32 hafta, muddatidan avvalgi tug‘uruq xavfi tashxisi bilan qabul qilingan.

Markazda bemor zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, davo choralari olib borilgan. Shu kuni kechqurun ayolda ko‘ngil aynishi va qayt qilish holati kuzatilgan. Bemor ushbu holatni somsa va salat yeyishi bilan bog‘lagan. Infeksionist va xirurg ko‘riklari tashkil etilib, oshqozon-ichak faoliyati buzilishi qayd qilingan. UTT tekshiruvida bachadon normotonusda, jigar va o‘t pufagi faoliyati normal ekani tashxislangan. 

Shundan so‘ng homilador ayol undan xabar olgani kelgan turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan. Palataga qaytgandan so‘ng kutilmaganda ayolning ahvoli og‘irlashib, hushidan ketgan. Ko‘rsatilgan reanimatsion shoshilinch tibbiy yordam choralariga qaramay, bemorda biologik o‘lim holati yuz bergan, — deyiladi vazirlik ma’lumotida. 

Sud tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, marhumada homiladorlikka aloqador bo‘lmagan neyrofibromatoz xastaligi asoratlari oqibatida taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi to‘satdan o‘lim holatiga olib kelgan. 

Arteriyalarning to‘satdan yorilishi – nasliy xastalik hisoblangan neyrofibromatoz (Reklingxauzen sindromi)ning asorati bo‘lib, aksariyat holatlarda o‘lim bilan yakunlanadi. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruv olib bormoqda. Yakuniy xulosa haqida qo‘shimcha xabar beriladi, — deydi mas’ullar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »