Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nukusda 27 yoshli ayol uyining 4-qavatidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

12-iyun kuni turmush o‘rtog‘i B.U. soat 05:40 larda uyqudan turganida ayoli M.A. uyda yo‘qligini bilgan. Tashqariga chiqqanida uyi oshxonasi derazasi ostida uni hushsiz holatda topib, tez yordam va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bergan.

Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida ayolning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan.

Tekshirishda aniqlangan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, marhuma M.A. va fuqaro B.U. 2017-yilda turmush qurib, 2018 va 2021-yillarda o‘g‘il va qiz farzandli bo‘lgan.

2022-yil sentabrida marhumaning ikki nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan vafot etgani sababli, ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »