Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 22-noyabrdagi Oliy Majlis qonunchilik palatasi yig‘ilishida aholiga benzin yetkazib berish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida gapirdi.

Jo‘rabek Mirzamahmudov
Foto: “Daryo” 

Vazirning aytishicha, respublikada benzinga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha choralar ko‘rilyapti.

“Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda zapravkalarda benzin yetishmayotgani haqidagi gaplar juda ko‘p muhokamalar qilinmoqda. Joylarga chiqib masalani o‘rganyapmiz. Bu yerda taqchillik yuzaga kelgan deb bo‘lmaydi. Holatni sunʼiy manipulyatsiya qilgan zapravkalarga nisbatan choralar ko‘rilyapti. Albatta, ehtiyojni qondirish uchun ichki ishlab chiqarishni oshirish va import qilib ham benzin olib kelinmoqda. To‘g‘ri, Rossiya hukumati tomonidan kiritilgan maʼlum muddatli cheklov ham bunga taʼsir qildi. Lekin 5-6-oktabr kunlari prezidentimizning Rossiyaga tashriflari davomida hukumatlararo kelishuvga erishilgan. Yaʼni u cheklov bo‘lsa bo‘lmasa, bizga istisno tariqasida benzinni kafolatlangan tarzda olib chiqish imkoniyati yaratildi. Hozirgi kunda O‘zbekistonga Rossiya kompaniyalaridan benzin import qilish boshlandi”, — dedi vazir.

Jo‘rabek Mirzamahmudovning qo‘shimcha qilishicha, respublikada yil boshidan beri 1 million 160 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilgan.

Yana 371 ming tonna benzin import qilinishi ko‘zda tutilgan. Shundan “O‘zbekneftgaz” AJ 100 ming tonna, tadbirkorlar 270 ming tonna benzin import qilishi rejalashtirilmoqda. Yil yakunigacha 1 million 329 ming tonna benzin tashqaridan olib kelinadigan xomashyo va ichki resurslar hisobidan yetkazib beriladi. Noyabr va dekabr oylarida 80 ming tonna benzin import qilinib, ehtiyoj ortgan paytda taʼminlash ko‘zda tutilgan, — dedi vazirlik rasmiysi.

Avvalroq “O‘zbekneftgaz” departamenti boshlig‘i Jamshid Bagirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida O‘zbekistonda benzinga talabning keskin oshishi inobatga olinib, qator choralar ko‘rilganini aytgandi.

Maʼlumot uchun, hozirda mamlakatda 2 ming 500 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyat olib boradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »