Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 22-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“OKMK” safarda “Buxoro” mehmoni bo‘ldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Sanjar Tursunov tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va olmaliqliklarga g‘alaba keltirdi.

“Turon” “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi. 18-daqiqada Sardor Azimov andijonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Xurshid Muxtorov penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 40-daqiqasida Ildar Mamatkazin “Andijon”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. O‘yin yakunida Sardor Abdunabiyev gol urib, “Andijon”ning 3:1 hisobida g‘alabasini ta’minladi. Qayd etib o‘tish joiz, “Turon” futbolchi Asilbek Aysarov qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi va jamoa o‘yinning qolgan vaqtini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.


Superliga

25-tur

22-noyabr, chorshanba

“Buxoro” – “OKMK” 0:1

Gol: 0:1 — Sanjar Tursunov.

“Buxoro”: 50. Luka Kukich, 2. Izzatillo Po‘latov (9. Jasur Xolto‘rayev, 58), 11. Shoxruz Norxonov, 17. Jamoliddin Ubaydulloyev, 22. Mahmud Jo‘raboyev (77. Asilbek Qayyumov, 46), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandar Stanislavlevich (10. Humoyunmirzo Iminov, 46), 80. Farruxjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixayev, 91. Asiljon Begimqulov (4. Mirjalol Jumayev, 73), 99. Javohir Ro‘ziyev.

“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 3. Sardor Rahmonov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 2. Akramjon Komilov (19. Muhammadanas Hasanov, 76), 15. Oybek Rustamov, 4. Mirjamol Qosimov, 88. Siavash Haqnazari, 17. Sanjar Tursunov (24. Murat Ermatov, 87), 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 76), 10. Xurshid G‘iyosov.

Ogohlantirishlar: Javohir Ro‘ziyev (22), Akrom Komilov (53), Izzatilla Po‘latov (55), Dilshodbek Ahmadaliyev (63), Martin Boake (74), Jasur Xolto‘rayev (80), Sardor Rahmonov (88).

“Turon” – “Andijon” 1:3

Gollar: 0:1 — 18 Sardor Azimov, 1:1 — 32 Xurshid Muxtorov (penalti), 1:2 — 40 Ildar Mamatkazin, 1:3 — 90+5 Sardor Abdunabiyev.

“Turon”: 35. Rahimjon Davronov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov (34. O‘ral Choriyev, 90), 3. Akbar Abdirasulov, 5. Marlen Chobanov, 9. Rustamxon Azimov (8. Farruxjon Qodirov, 84), 14. Xurshidbek Muxtorov, 15. Aziz Xolmurodov (21. Azamjon Aliyev, 46), 18. Abdug‘ani Kamolov (40. Abega Enyang Ngu, 73), 19. Ravshan Xayrullayev (30. Miraziz Muhammadaliyev, 46), 45. Asadbek Saitxonov, 55. Asilbek Aysarov.

“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 4. Dilshojon Komilov, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 8. Farxodbek Bekmuratov (11. Sardor Abdunabiyev, 78), 9. Levan Arveladze , 13. Sardorbek Azimov, 14. Abduraxmon Komilov, 21. Ildar Mamatkazin, 25. Muhammadkarim Toirov (10. Ilhomjon Abdig‘aniyev, 71), 94. Armin Boshnyak (19. Suhrob Berdiyev, 78), 99. Ruben Hebay (22. Shahboz Erkinov, 90+3).

Ogohlantirishlar: Marlen Chobanov (69), Levan Arveladze (72), Dilshod Komilov (80), Ilhomjon Abdig‘aniyev (85), O‘ral Choriyev (90).

Chetlatish: Asilbek Aysarov (37).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »