Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining qoldirilgan 19-turidan o‘rin olgan bahsda “Olimpik” 10-noyabr, juma kuni “Buxoro”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 90 daqiqasi davomida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa buxoroliklar darvozasi tomon penalti belgilandi. 90+15-daqiqada Jasur Jaloliddinov penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa “Olimpik” ochkolari sonini 28 taga yetkazdi va 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Buxoro” esa 15 ochko bilan eng so‘nggi o‘rinni egallab turibdi va Superliga bilan xayrlashishi oydin bo‘ldi.


Superliga

19-tur

10-noyabr, juma

“Buxoro” – “Olimpik” 0:1

Gol: 0:1 — 90+15 Jasur Jaloliddinov (penalti)

“Buxoro”: 50. Luka Kukich, 2. Izzatillo Po‘latov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Muhammadjon Rahimov (70. Aleksandr Stanislavlevich 40), 10. Humoyunmirzo Iminov (8. Asliddin Tursunpo‘latov 72), 11. Shoxruz Norxonov (9. Jasur Xolto‘rayev 72), 15. Diyorbek Ortiqboyev, 22. Mahmud Jo‘raboyev (77. Asilbek Qayumov 57), 88. Vsevolod Nixayev, 91. Asiljon Begimqulov (17. Jamoliddin Ubaydulloyev 72), 94. Frane Ikich.

“Olimpik”: 13. Hamidullo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov (81. Asadbek Jo‘raboyev 89), 9. Shahzod Akramov (30. Jasurbek Jaloliddinov 46), 10. Farruxbek Muxtorov (8. Nodirbek Abdixalikov 90+5), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (17. Temur Mamasidiqov 68), 14. Eldorbek Begimov, 29. Aleksandr Zevadinov, 37. Alisher Odilov, 44. Asadbek Rahimjonov, 77. Sherzod Esanov (6. Jaloliddin Sodiqov 89).

Ogohlantirishlar: Sherzod Esanov (7), Diyorbek Ortiqboyev (20), Dilshod Jo‘rayev (63).

Chetlatish: Dilshod Jo‘rayev (86).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »